Qurt qanday qilib kapalakka aylanadi?

Siz biror marta kapalaklar hech qachon ovqatlanmaydi degan fikrni eshitganmisiz? Bu kapalaklarning ayrim turlari uchun ayni haqiqat va buning sababi ularning qurtdan kapalakka aylanish jarayonidir.

Hayoti davomida urgʻochi kapalak 100 dan bir necha mingtagacha tuxum qoʻyadi. U tuxumlarni avlodi uchun foydali boʻladigan oʻsimliklarga joylashtirishga harakat qiladi. Agar atrofda faqat bitta shunday oʻsimlik oʻsadigan boʻlsa, u barcha tuxumlarini aynan shu oʻsimlikka qoʻyadi.

Bu tuxumlardan kapalak qurti lichinkalari¹ deb ataladigan chuvalchangsimon mayda gʻumbaklar² chiqadi. Ular ovqatlanishni va oʻsishni boshlaydilar, shu vaqt ichida terilari bir necha marta poʻst tashlashi kuzatiladi. Bu davrda lichinkalar kapalakka aylanadigan keyingi hayot davri uchun zaxira toʻplash maqsadida faqat oziqlanadi va oziqlanadi. Ozuqa kapalakni qurtdan ajratib turadigan undagi qanotlar, oyoqchalar, soʻrish naychalari va boshqa aʼzolarda yogʻ shaklida toʻplanadi.

Maʼlum bir vaqtda qurt oʻzgarish vaqti kelganini his qiladi va oʻz atrofida kichik pilla toʻqiydi, boshi uzilib tushadi va poʻst tashlab gʻumbakka aylanadi. Keyin u tanasining oxiridagi oʻtkir igna bilan pillani teshadi. Mazkur jarayon “metamorfoz” deb ataladi.

Gʻumbak bir necha hafta yoki oy uxlashi mumkin. Biroq bu vaqtda unda oʻzgarishlar yuz beradi, shuning uchun u pilladan toʻliq shakllangan kapalak shaklida chiqadi, ammo dastlabki vaqtlarda ucha olmaydi. U qanotlarini yoyib quritadi va ularning kuchga toʻlishini kutib bir necha soat oʻtiradi. Qanotlarning uchishga tayyor ekaniga ishonch hosil qilgunga qadar ularni silkitib koʻradi va shundan soʻnggina birinchi parvozini amalga oshiradi.

Aytganday, parvonaning hayot tarixi ham xuddi shunday. Bilasizmi, kapalaklarga qaraganda parvonalarning turlari koʻproq.


[1] Lichinka — baʼzi jonli organizmlarning (qurt, hasharot, baliq va shu kabilar) rivojlanish (tuxumdan chiqish) bosqichi, shu davrdagi holati, gʻumbak.
[2] Gʻumbak — baʼzi hasharotlar rivojlanishida qurtdan kapalakka yoki pashshaga aylanish bosqichi va hasharotning shu bosqichdagi holati.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!