20.02.2024
Kulrang delfinlarning aql-idrokini tekshirish va ular bilan muloqot oʻrnatishga urinish maqsadida oʻtkazilgan tajribalar haqida bir nechta xabar mavjud.
Aslida, kulrang delfin baliq emasligini bilarmidingiz? U sutemizuvchi boʻlib, kitlar oilasiga mansub. Barcha sutemizuvchilar singari delfinlar ham bolalarini sut bilan boqishadi. Kitlar kabi delfin ham boshining tepasida joylashgan bitta burun teshigidan nafas oladi. U bu ishni suv yuzasiga suzib chiqqanda qiladi.
Delfinlarning yana bir ajoyib xususiyati shundaki, ularning dumi barcha baliqlarniki singari vertikal emas, balki gorizontal holatda joylashgan. Bu unga suvdan sakrab chiqishga yordam beradi. Aynan shu dumlar tufayli biz delfinlarning nafis harakatlarini tomosha qilishimiz va zavqlanishimiz mumkin.
Xoʻsh, kulrang delfinlar “gaplasha oladimi”? Albatta, biz hayvon va qushlarning “gapirishi” deganda inson nutqiga taqlid qilishini nazarda tutamiz. Chunki koʻpchilik hayvonlar bir-biri bilan oʻziga xos tarzda muloqot qilishini bilamiz. Baʼzi hollarda bu juda oddiy aloqa turi shaklida namoyon boʻlsa, boshqalarida, aksincha, asalarilardagi kabi juda murakkab.
Ajablanarlisi shundaki, delfinlar haqiqatan ham inson nutqiga taqlid qilishadi va buni oʻz xohishlari bilan amalga oshirishadi. Masalan, AQShning Florida shtatida delfin toʻsatdan inson ovozini takrorlagan holatga guvoh boʻlishgan. U buni shunchalik ishonarli bajarganki, oʻsha kishining yaqin joyda boʻlgan rafiqasi oʻzini kulgidan tiyolmagan. Shunda delfin uning kulgisini ham takrorlagan.
Bu hodisa delfinlarning odamnikiga oʻxshash tovushlarni chiqarishiga imkon beradigan ovoz paychalarining tuzilishi bilan bog‘liq. Shuningdek, delfinlar barcha hayvonlarning eng aqllisi hisoblanadi.
Ammo delfinlar “soʻzlasha oladi” deb ayta olishimiz uchun ular soʻzlarni maʼno jihatdan qanday ishlatishni tushunishlari kerak. Afsuski, bu jihat insoniyatga hali nomaʼlumligicha qolmoqda.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.