Nega kenguruning xaltachasi bor?

Xaltali hayvonlarning 7 ta turi mavjud. Tanasida maxsus xaltalari boʻlgani sababli bunday hayvonlar “xaltalilar” deb nomlanadi va ulardan eng mashhuri — kenguru. 

Kenguruning orqa oyoqlari orasidagi xaltasi yangi tugʻilgan bola uchun eng shinam va qulay uyadir. U kichkintoyni iliq tutadi, himoya qiladi, erkin harakatlanishida yordam beradi va ona kenguruga oʻsha joyda joylashgan sut bezlari orqali bolasini boqish imkonini beradi. Bolalari juda kichik va zaif tugʻilishi tufayli tabiat kenguru va boshqa xaltali hayvonlarni shunday “moslama” bilan taʼminlagan. Yangi tugʻilgan kenguru juda mayda (2 santimetdan kichikroq), pushti, yalangʻoch koʻrinishda boʻladi. Agar bunday nochor jonzot darhol iliq, qulay va himoyalangan joyga olinmasa, ahvoli nima boʻlishini tasavvur qilyapsizmi?

Ona yangi tugʻilgan bolasini xaltasiga soladi va 6 oy davomida bu kichik kenguruning “uyi”ga aylanadi. Olti oy oʻtgach, kenguru bolasining kattaligi kuchukcha bolasidek boʻladi. Ammo u yashash uchun oʻta qulay boʻlgan xaltani tark etishni xohlamaydi. Shuning uchun kichkintoy xaltada har tomonga aylanib, onasi daraxt shoxlaridagi barglardan oʻtlashga toʻxtaganda u ham barglarni yulib olish uchun yetarlicha boshini chiqara oladi. Onasi yurish va sakrashni oʻrgatganidan keyin ham xalta uning uyi boʻlib qolaveradi. Kichik kenguru uchun kichik bir xavf tugʻilganda onasi sakrab yoniga yetib kelib, ogʻzi yordamida uni olib, ehtiyotkorlik bilan xaltaga solib qoʻyadi.

Kengurularning 120 dan ortiq turi mavjud. Ularning eng kichigi ­— uollobi boʻlib, boʻyi atigi 60 santimetr. Eng kattasi esa ulkan qizil yoki kulrang kenguru, uning boʻyi deyarli 2 metrni tashkil etadi.

Kengurularning old oyoqlari kalta, orqa oyoqlari esa, aksincha, juda uzun va oʻrtasida oʻtkir barmoq joylashgan. Kuchli orqa oyoqlari yordamida kenguru 3-4 metr yoki undan uzoqroqqa sakray oladi. U oʻzining uzun dumiga suyanib dam oladi. Kenguru juda tez harakatlana oladi va eshitish qobiliyati shunchalik sezgirki, dushmanni uzoq masofadan ham eshitishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!