2 min
Chumolixo‘r qanday hayvon?

Filmlarda suvda yashiringan timsohni va jon saqlash uchun undan qochayotgan mahalliy aholini koʻrgan boʻlsangiz kerak. Timsoh uning yonidan oʻtadigan odamlar uchun haqiqatan ham xavflimi?
Siz nima desangiz ham, lekin bu haqiqat: timsohlar boshqa hayvonlarga (kobradan tashqari) qaraganda koʻproq odamlarni oʻldirishadi. Baʼzi turlar, masalan, shoʻr suvda yashovchi afrika timsohi aslida odam bilan oziqlanadi. Mahalliy aholi oʻsha joylarda yashovchi hayvonlardan qoʻrqishganidek, bu sudralib yuruvchilardan ham hayiqishadi. Baʼzi qonxoʻrlar nafaqat oʻtib ketayotgan odamga hujum qiladi, balki quruqlikda uning orqasidan yugurib, oʻljasini ushlab, u bilan birga suvga qaytishlari ham mumkin.
Alligator va timsohlar koʻp asrlar oldin quruqlikda yashagan. Uzunligi 24 metr boʻlgan ulkan kaltakesaklar — qadimgi dinozavrlarning toʻgʻridan-toʻgʻri avlodlari.
Hozirgi kunda alligator va timsohlar zamonaviy sudralib yuruvchilarning eng kattasi boʻlib, baʼzilarining uzunligi 7 metrga yetadi. Ular bir oilaga mansub va bir-biriga juda oʻxshash. Ammo farqi ham bor: alligatorning boshi keng va yassi, timsohniki esa ensiz va uchli. Odatda, alligatorlar timsohlarga qaraganda ogʻirroq va nofaol boʻladi.
Ular burun teshiklari, koʻzlari va belining bir qismini yuzaga chiqarib, koʻp vaqtlarini suvda oʻtkazadilar. Sudralib yuruvchilarning bolalari oq oval tuxumlardan ochib chiqadilar. Urgʻochisi barglar toʻshalgan yerdagi uyaga 20 tadan 90 tagacha tuxum qoʻyadi. Quyosh esa tuxumlarni qizdiradi. Ona timsoh oʻz avlodlarining tuxumdan yorib chiqishiga yordam berish uchun yaqin atrofda kutadi. Aksariyat sudralib yuruvchilar, umuman, tovush chiqara olmaydi, ammo timsoh va alligatorlar past tovushda uzoq qichqiradi.
Alligatorlar faqat Amerika va Xitoyning issiq hududlarida, timsohlar esa Afrika, Osiyo, Avstraliya va Amerikada yashaydi. Taxminan 100 yil oldin, alligator terisidan ajoyib sumkalar, hamyonlar, kamarlar va poyabzal ishlab chiqarish mumkinligi aniqlandi. Natijada hozir alligator noyob hayvonga aylandi.