Sigirlar qachon xonakilashtirilgan?
Xonaki hayvon nima?
2 min
Tarix

Shahar aholisining koʻpchiligi qoramollarga berilgan nomlardan xijolat boʻlishadi. Keling, bunga tezda aniqlik kiritib olaylik. Yosh erkak jonivor buzoq deb ataladi va oʻsib ulgʻayganida buqaga aylanadi. Urgʻochisi esa buzoqdan gʻunajinga va 2–3 yildan keyin sigirga aylanadi.

Hoʻkiz — birinchi xonakilashtirilgan uy hayvoni. Ehtimol, erkaklari ogʻir ishlar qildirishda itoatkor jonivor boʻlgani, urgʻochilari esa oʻz avlodlariga koʻproq sut bergani bunga sabab boʻlgandir. Baʼzida hayvonlar goʻsht uchun soʻyilgan, ammo bu xonakilashtirishning asosiy sababi emas. Diniy sabablarga koʻra, koʻpgina xalqlar bu goʻshtni isteʼmolga yaroqsiz deb bilishadi. Goʻsht olish uchun qoramolni koʻpaytirish va boqish zamonaviy yoʻnalishdir.

Hoʻkiz birinchi marta qachon qoʻlga oʻrgatilganini aniq bilmasak-da, tosh asrida yashagan odamlarning chorva mollari boʻlgani haqida maʼlumotlar bor. Misrliklar uni taxminan 6000 yil oldin boqib koʻpaytirganini bilamiz, bobilliklar¹ esa bunga undan ham oldinroq erishgan boʻlsa kerak.

Hoʻkiz bizon² yoki zubr (baʼzan yovvoyi buqa ham deyiladi) turiga mansubdir. Ular oldingi davrlarda Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikada boʻlgan. Yevropada kalta shoxli kichik jonivorlar — birinchi xonakilashtirilgan hoʻkizlar. Ehtimol, ular tosh asrida odamlar koʻchayotganda Osiyodan olib kelingan.

Keyinchalik bronza davri Yevropada yangi, kattaroq qoramol turi paydo boʻlgan.

Hozir butun dunyoda qoramolning koʻp zotlari mavjud. Yevropaning oʻzida ular 50 dan ortiq. Koʻpdan beri mavjud boʻlganlaridan biri — jigarrang shveysariya hoʻkizi. Uning sut beradigan zoti esa taxminan 2000 yil oldin paydo boʻlgan.


[1] Bobil — janubiy Mesopotamiyadagi qadimiy shahar, Bobil imperiyasining poytaxti. Bobilliklar — Bobilda yashagan odamlar.
[2] Bizon — juf ttuyoqlilar turkumining quvushshoxlilar oilasiga mansub yovvoyi qoramol zoti. 

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!