Mushuk qorong‘ida ko‘ra oladimi?

Ehtimol, uyingizda mushuk bordir. Suyukli jonivoringizni qoʻlga olish va u bilan oʻynashni yoqtirsangiz, deyarli uni ham oilangiz aʼzosidek koʻrsangiz kerak. Ammo mushuk — yer yuzidagi eng gʻalati mavjudotlardan biri. Garchi u xonakilashtirilib odamlar bilan birga ming yillar davomida yashayotgan boʻlsa-da, oʻrmonga qaytish uchun uning bir qadam tashlashi yetarlidek tuyuladi.

Mushuk — sher, yoʻlbars va leopardning yaqin qarindoshi. Umuman olganda, oʻzini ular kabi tutadi. Masalan, mushuk o‘ljasini kutib yotadi, keyin esa xuddi sher dushmanini oʻldirganidek, orqaga sakraydi. Mushuk ikki metrga sakray oladi! Uning panjalarida yumshoq yostiqchalar bor, bu oʻljasiga mutlaqo tovush chiqarmay pisib yaqinlashishga imkon beradi. Panjalarida 18 ta tirnoq boʻlib, ularni chiqaradi va yigʻib oladi.

Ammo nima mushukka qorongʻida koʻrish imkonini beradi? Uning koʻzlari turli xil yorqinlikdagi yorugʻlik manbalariga moslasha oladi. Yorqin yorugʻlikda qorachiqlari torayib chiziqchaga oʻxshab qoladi. Qorongʻida ular deyarli butun koʻz oʻlchamida kengayadi, bu mushuk qop-qora zulmatda ham koʻra oladi degani emas. Shunchaki boshqa hayvonlarga nisbatan uning koʻrishi uchun kamroq yorugʻlik yetarli.

Mushuk koʻzlari qavariq boʻlib, kengroq maydondan yorugʻlik nurlarini toʻplaydi. Toʻplangan yorugʻlik nurlari uning koʻzlarida aks etganda ular xuddi porlayotganga oʻxshaydi, shunig uchun mushuklarning koʻzlari yonadi deymiz.

Mushuklar 13 yildan 20 yilgacha yashaydi. Ammo ularning oʻrtacha umr koʻrishi — 14 yil.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!