Ot qaysi jonivordan kelib chiqqan?
Ot ajdodlari haqida ma'lumot, Ot qaysi jonivordan kelib chiqqan?
2 min
Tarix

Hozirgi koʻplab hayvonlar oʻzidan ancha katta jonzotlardan kelib chiqqan. Ot esa aksincha.

Otning bizga maʼlum birinchi ajdodi mushukdek kattalikda bo‘lgan. Uning old oyog‘ida 4 ta, orqa oyog‘ida esa 3 tadan barmogʻi boʻlgan. U “eohippus” yoki “pakana ot” deb nomlangan. Uning ajdodlari qoldig‘i koʻp joylarda, masalan, AQShning Vayoming va Nyu-Meksiko shtatlarida topilgan.

Otning keyingi ajdodlari kattaroq boʻlgan. Panjalarining har ikki tomonida bittadan barmogʻi koʻrinib tursa ham, faqat bittasi yerga tegib turgan. Keyinchalik oʻsha bitta barmoq rivojlanishi otning tezroq harakatlanishiga imkon bergan. Omon qolish shunga bogʻliq boʻlgan — dushmandan qochib keta oladi yoki yoʻq. Hozirgi otlar tuyogʻi aslida shu barmoqdagi kattalashgan tirnoqdir.

Tarixdan oldingi davrda otlar Osiyo, Shimoliy Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikada yashagan. Amerikalik ot turlari ming yillar oldin yoʻq boʻlib ketgan. Ispanlar hozirgi otlarni u yerga Yevropadan olib kelgan.

Kichik Osiyo va Oʻrta dengizining rivojlangan mamlakatlariga otlar sharqdan olib kelingan. Avvaliga ular Iso Masih tugʻilishidan taxminan 3000 yil oldin Bobilda, keyinchalik Iso Masih tugʻilishidan oldin 1675-yilda Misrda paydo boʻlgan. Aftidan, bu otlar Oʻrta Osiyodagi koʻchmanchi qabilalar tomonidan xonakilashtirilgan.

Tarixdan oldingi davrlarda kimdir otdan transport vositasi sifatida foydalanmagunga qadar uning goʻshti yeyilgan xolos. Otlarning eng qadimgi tasviri va yogʻoch shaklchalari taxminan 15 000 yil oldin yevropalik gʻor odamlari tomonidan yaratilgan. Ushbu rasmlarda tasvirlangan otlar hozirgi mo’g’ul ponilariga (pakana ot) juda o’xshash.

pexels.com

Aslida Moʻgʻuliston va Xitoy Turkistonida yovvoyi otlarning saqlanib qolgan soʻnggi turini topish mumkin. U 1870-yilda ushbu turni kashf etgan odam ismi bilan “Prjevalskiy oti” deb ataladi. Prjevalskiy oti hozirgi otlarning bevosita ajdodi hisoblanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!