Barcha maymunlar bir xil darajada aqllimi?

Bir vaqtlar maymunlar odamsimonlar deb atalgan. Endilikda bu faqatgina Afrika va Osiyoning tropik oʻrmonlarida yashaydigan quyruqsiz (dum) turlar uchun ishlatiladi. Bu guruhga ulkan gorilla, katta shimpanze, paxmoq qizil orangutan va uzun qoʻlli gibbonlar kiradi.

Bu hayvonlar koʻp jihatdan odamlarga oʻxshashligi sabab “antropoidlar” yoki odamsimon maymunlar deb ataladi. Ularning skeleti odamniki bilan deyarli bir xil. Ularning xuddi odamdagidek bir xil miqdor va tuzilishga ega tishlari mavjud. Garchi bu hayvonlar miyasi biroz kichikroq boʻlsa ham, unda chuqur burma-burmalar boʻlib, shakli va tuzilishi jihatidan odamnikiga oʻxshaydi. Ularning qoni, qobiliyatlari ham bir xil, lekin gapira olmaydi. 

Gorilla — maymunlarning eng kattasi. Uning boʻyi odamniki bilan teng, ammo u ogʻir va kuchliroq. Gibbonlar esa boshqalaridan ancha kichik hamda odamga unchalik oʻxshamaydi.

Ammo odamlarga eng yaqini — shimpanze. U gorilla va orangutandan kichikroq boʻlib, eng zehnli maymundir. U boshqa turlarga qaraganda odamga yaxshi taqlid qiladi va oson tarbiyalanadi. Shimpanzening tanasi odamnikiga juda oʻxshash. Faqat skeletida 13 juft qovurgʻa bor, odamlarda esa ular 12 ta.

Kaft va yuzdan tashqari terisining barcha qismi qora dagʻal jun bilan qoplangan. Keksayganda maymunlarning ogʻiz atrofidagi junlar oqarib, terisi qorayib ketadi.

Shimpanzelarni ushlash oson. Ular hayvonot bog‘idagi hayotga darhol moslashadi. Afsuski, ular ham inson kabi sil kasalligiga moyil, koʻpchiligi saraton kasalligidan vafot etadi. 

Shimpanzelar — kirishimli hayvon. Odamlarga tezda taqlid qila boshlaydi. Baʼzilari hayvonot bogʻi xizmatchilariga shunchalik bogʻlanib qoladiki, hatto kasal boʻlganda boshqa birovdan tibbiy yordam olishdan bosh tortadi.

Olimlar “shimpanze tili”ning kamida 20 ta alohida tovush roʻyxatini tuzishga muvaffaq boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!