20.02.2024
Avvalo, nega bundayligini tushunish uchun qushlarga yorqin ranglar nima uchun kerakligini aniqlab olish kerak. Bu borada koʻp izohlar mavjud. Ammo fan tomonidan haligacha bu savolga toʻliq javob topilmagan. Chunki baʼzi qushlar rang-barang patlarga ega, boshqalari esa yoʻq. Ayrimlari yorqin bayroqlarga oʻxshaydi, boshqalarini esa hatto payqash qiyin.
Bizning qoʻlimizdan keladigan narsa — koʻpchilik qushlarga mos bir nechta qoidalar topishga harakat qilish. Ulardan biri shuki, yorqin patli qushlar koʻp vaqtini daraxt tepasi, havo yoki suvda oʻtkazadi. Koʻrimsiz qushlar esa yer yoki unga yaqin joyda yashaydi.
Koʻplab istisnoga ega yana bir qoida — qushlarning yuqori qismidagi rang pastki qismiga qaraganda qoraroq.
Ushbu faktlar ilm-fanni pat rangi qushning dushmanlariga imkon boricha koʻrinmasligi uchun himoya rolini oʻynaydi degan taxminga olib keldi. Bu “himoya rangi” deyiladi. Loyxoʻraklar rangi botqoqdagi oʻtlardan deyarli farqlanmaydi. Oʻrmon loyxoʻragining rangi to‘kilgan barglarga juda oʻxshaydi. Demak, rang qushlarni himoya qilar ekan. Bunga nima koʻproq muhtoj — nar (erkak) yoki moda (urg‘ochi)? Albatta, uyada tuxum qoʻyib bosib oʻtirgani uchun — moda. Shu sababli dushmanlardan yaxshiroq himoyalanish uchun tabiat unga koʻrimsiz rang bergan.
Nardagi yorqin patlarning yana bir sababi shundaki, bu juftlashish davrida urg‘ochini jalb qilishga yordam beradi. Bu vaqtda narlarning rangi juda yorqin bo‘ladi.
Ko‘rib turganingizdek, hatto qushlarda ham bir koʻrishda “muhabbat” boʻladi!
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.