Nega g‘ozlar saf tortib uchadi?

Osmonda olisdan kelayotgan “Gʻaq-gʻaq-gʻaq!” degan tovushni eshitib, yuqoriga qarasak, ponaga oʻxshash shaklda saf tortib janubga uchib ketayotgan gʻozlarni koʻramiz.

Bu gʻozlar ponasi soatiga 80 km tezlikda harakatlanadi. Ular nega shunday uchayotganini taxmin qilishimiz mumkin. Samolyotlar ham boshqa sheriklarini koʻrish va yetakchiga ergashish uchun shu shaklda uchishini bilsangiz kerak. Gʻozlar guruhida parvoz paytida ortidan ergashadigan, kunduzi ham, kechasi ham yoʻlni yaxshi biladigan, yetakchi, aqlli, keksa gʻoz bo‘ladi. Ponasimon saf samolyotlar kabi g‘ozlar uchun ham qulaydir.

Gʻozlarning qirqqa yaqin turi bor. Ulardan 10–12 tasi Qoʻshma Shtatlarda yashaydi va deyarli barchasi faqat “qishki mehmon”lardir. Gʻozni kanadalik qush deb hisoblash mumkin.

Gʻozlarning eng mashhur turi ham shunday — “Kanada gʻozi” deb nomlanadi. Ko‘chish davrida u deyarli butun Shimoliy Amerika boʻylab uchib oʻtadi. Uning boshi qora rangda boʻlib, boʻynidagi keng oq dogʻ tumshugʻiga yaqin kengayib, baʼzan ikkala yonogʻigacha yetib boradi.

Kanada gʻozining urgʻochisi butun umri davomida bitta gʻoz bilan yashaydi. Eng sevimli ovqati — chigirtka, lekin boshqa hasharot yoki qurtlardan ham voz kechmaydi. Koʻpincha yovvoyi guruch, qamish ildizlari kabi oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Oʻz uyasini boshqa gʻozlar singari yerga qurib, tubini koʻkragi bilan tekislaydi.

Kanada gʻozi goʻshti tansiq taom boʻlib, yaqin vaqtgacha har yili minglab qushlar oʻldirilgan. Voyaga yetgan gʻozning vazni taxminan 5–6 kg ni tashkil qiladi. Hozir bu qushlarni ovlashni taqiqlovchi qonun mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!