Baliqlar qanday uchadi?

Agar baliqlar qushlardek havoda ucha olganida, ular suzgichlarini qanotlar kabi silkitishardi. Ammo hech bir baliq bu tarzda ucha olmaydi.

Ammo uchar baliqlar qanday harakat qilishadi? Ularning katta old suzgichlari qanotlar vazifasini oʻtaydi. Baliq parvoz paytida qanotlarini yoyadi va tanaga nisbatan maʼlum bir burchak ostida ushlab turadi. Baʼzida orqa suzgichlari ham ishtirok etadi.

Buning uchun baliq, avvalo, tanasining bir qismini suv yuzasiga chiqarib tezlashadi. Tezlikni oshirish maqsadida quyrugʻini (dum) faol harakatlantirib, maʼlum masofani suzib oʻtadi. Keyin u qanotlarini yoygancha turadi va bu tez harakat uni havoga koʻtaradi.

Uchar baliqlar shu holatda suv sathi ustida yuzlab metr masofani uchib oʻtishlari mumkin. Baʼzan ular toʻlqinga urilib, quyruqni harakatlantirib, qoʻshimcha tezlikka erishadilar. Shu yoʻsinda uchar baliqlar suv yuzasida harakatlanadi. Ular shunchalik baland uchishlari mumkinki, hatto katta okean layneri¹ ustiga ham tushadilar.


[1] Layner — muayyan bir yoʻldan qatnab, yuk yoki yoʻlovchi tashiydigan katta tezyurar kema.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!