20.02.2024
Nuqtayi nazarimizga koʻra, koʻp hayvonlar bolasini juda gʻaroyib tarzda dunyoga keltirib, himoya qiladi. Qushlar uyasini qanday qurishi yoki baʼzi hayvonlar oʻz bolalarini dushmandan himoya qilish uchun kurashishga tayyor ekani ajablanarli emasmi?
Lososni yuqoriga oqim boʻylab uzoq yoʻlni bosib oʻtishga majbur qiladigan instinkt bolalarni dunyoga keltirish va ularni xavfsiz voyaga yetkazishning eng yaxshi usuli bilan bogʻliq. Lososlar oilasining barcha vakillari ham uvuldiriq sochish uchun oqim boʻylab juda yuqoriga koʻtarilmaydi. Pushti losos kabilar pastroqda qoladi. U shoʻr dengiz suvidan atigi bir necha kilometr narida uvuldiriq sochadi. Qirol lososlari esa oqim bo‘ylab dengizdan taxminan 5 kilometr uzoqlikka yuqoriga suzib borishi mumkin.
Chuchuk suv lososning sogʻlom, kuchli va semiz boʻlib ulgʻayishi uchun eng qulay sharoitga ega muhitdir. Ammo chuchuk suvga tushgach, u ovqatlanishni toʻxtatadi. Baʼzida uvuldiriq sochmoqchi boʻlgan joyga yetib borishga harakat qilib, butunlay ozib-toʻzib ketadi.
Ko‘pincha ular suzib boradigan daryo ostonasi, sharshara va qoyalar boʻlgani sababli uvuldiriq sochish vaqtiga kelganda ozib, juda abgor holatga tushadi. Biroq Tinch okeani lososlari qay holatda boʻlishdan qatʼiy nazar, oʻjarlik bilan uvuldiriq sochish joyiga qarab harakat qiladi.
Baliq kerakli joyga yetib borganida (odatda oʻzi tugʻilgan joy), urgʻochi baliq tanasi, dumi va suzgichlaridan foydalanib, shagʻal yoki qumda chuqurcha qaziydi. Keyin shu “uyaga” tuxum tashlaydi va erkagi uni urugʻlantiradi. Shundan soʻng urgʻochisi uvildiriqlarni koʻmib qoʻyadi.
Bu ish tugagach, lososning hayotga boʻlgan qiziqishi yoʻqoladi va oqim bilan pastga suzib ketib, tez orada halok boʻladi. Taxminan 60 kundan keyin dunyoga keladigan yangi baliqlarning hayoti boshlanadi. Yosh losos chuchuk suvda bir necha oy yoki yil davomida qoladi, so‘ng oqim bo‘ylab dengizga tushadi. Shu bilan hayot sikli yana yangidan boshlanadi.
Buni qarang, borliqda faqat odamlargina emas, hatto juda kichik mavjudotlar ham o‘zidan keyin nasl qoldirish, bolalarini himoya qilish uchun ko‘p narsalarga tayyor bo‘lar ekan! ☺️
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.