20.02.2024
Shubhasiz, shilliqqurtning chigʻanogʻidan moʻralab, shoxchalarini har tarafga tebratib turganini kuzatgansiz. Siz ulardan birini yeyishni xohlarmidingiz? Yoʻq? Ammo baʼzi mamlakatlarda, masalan, Fransiyada shilliqqurtlar eng lazzatli tansiq taomlardan biri hisoblanadi.
Shilliqqurtlar umurtqasiz jonzotlar — mollyuskalar oilasiga tegishli. Ularning ayrimlari bogʻlarda, boshqalari suv havzalarida, baʼzilari hatto okeanlarda ham yashaydi. Ammo shilliqqurtlarning ikkita asosiy turi mavjud — chigʻanogʻi boʻlganlar va faqat yupqa mantiya (qobiq, chigʻanoq) bilan qoplanganlar. Ikkinchi guruh vakillari odatda shilliqqurtlar deb ataladi. Quruqlikda yashovchi shilliqqurtlarning uch santimetrlik chigʻanogʻi boʻladi. Chigʻanoqsiz shilliqqurtlarning uzunligi taxminan 7 santimetr.
Barcha shilliqqurtlarning pastki qismida bitta katta oyogʻi bor. Ushbu jonzotlarning bir yoki ikki juft moʻylvchalari yoki shoxchlari mavjud. Ularning moʻylvchalari uchida yoki tagida joylashgan ogʻzi va ikkita koʻzi bor. Oʻgiz tez-tez oxirida mayda oʻtkir tishlar bor naychaga aylanadi va shilliqqurt ular yordamida oʻsimlik parchalarini qirib olishi mumkin.
Baʼzi shilliqqurtlar jonzotlarni isteʼmol qiladi. Masalan, sariq chigʻanoqli dengiz shilliqqurti boʻlgan ustritsa parmasi ustritsalar chigʻanogʻini burgʻulab, uning goʻshti bilan oziqlanadi.
Shilliqqurtlar bitta oʻpkasi yoki oyqulogʻi (jabra) bilan nafas oladi. Koʻpincha nafis shaklga ega boʻlgan chigʻanoqlar mantiyadan ajralib chiqadi. Ular odatda shilliqqurt oʻsgani sari paydo boʻladigan spiralsimon oʻramalardir.
Shilliqqurtlarning aksariyati tuxum qoʻyadi, ammo baʼzi turlarida bolalari tirik tugʻiladi. Shilliqqurtlar ortida nam va yaltiroq iz qoldiradi, bu ularga sayr qilib nam holda qolish imkonini beradi. Bu shilimshiq modda qishda qurib chigʻanoqning kirish joyini yopadi. Shilliqqurtlar yoriqlar yoki chuqurchalarda qish uyqusiga ketadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.