Chig‘anoq nima?
Chig'anoq nima? Chig'anoq haqida ma'lumot
2 min
Bu nima?

Tirik organizmlarni himoya qiluvchi qoplamalar nechtaligini tasavvur qila olasizmi? Masalan, yongʻoq va tuxum qobigʻi, toshbaqa kosasi, qisqichbaqa zirhi, shilliqurt chigʻanogʻi…

Chigʻanoq — tirik narsani qoplab turadigan qattiq qobiq. U egasining oʻzi yoki ota-onasi tomonidan yaratilgan. Chigʻanoq qandaydir bir moddadan shakllanadi. Yongʻoq qobigʻi yogʻoch moddadan, boshqa chigʻanoqlar kalsiy karbonatdan (ohak) iborat. Yana birilari shisha materialning bir turi boʻlgan kvarsdan tashkil topgan.

Chigʻanoq ichida yashiringan hayotni himoya qiladi. Yongʻoq va tuxum qobiq bilan umrbod qoplanmaydi. Bilamizki, ichki tirik qism, ya’ni urugʻ yoki joʻja oʻsishi va chiqishi uchun qobiqni parchalashi kerak.

Qisqichbaqalar har doim ham zirh bilan toʻliq oʻralmagan. U yumshoq modda bilan birlashgan alohida plastinkalardan¹ yasalgan. Bu hayvonning harakatlanishi va egilishiga imkon beradi.

Qoʻngʻiz kabi baʼzi hasharotlar qattiq qobiq ichida sigʻmay qolgunga qadar oʻsib ulgʻayadi. Soʻng qobiq yorilib, ichidan hasharot chiqadi. U yumshoq va choʻziluvchan teriga ega boʻladi. Muayyan vaqtdan keyin teri qattiqlashib, yangi zirhga aylanadi.

Shuningdek, tanasining bir qismi chigʻanoqdan iborat mavjudotlar ham bor. Toshbaqa kosasi bu — oʻzgacha plastinkalar bilan qoplangan suyak. Yuqori qismi uning qovurgʻa va umurtqasidan, pastkisi ham suyakdan tashkil topgan. Umurtqa pogʻonasi va qovurgʻalarsiz odam yashay olmaganidek, toshbaqa ham kosasiz yashay olmaydi.

Chigʻanoqli tirik mavjudotlarning katta guruhi — mollyuskalar². Shilliqurtlar ham shu guruhga tegishli. Ustritsa³, vengerka va boshqalar ikki pallali mollyuskalar hisoblanadi. Xavf tugʻilganda ular chigʻanoq tabaqalarini butunlay yopib qoʻyadi.

Shilliqurt yoki toshbaqani koʻrganingizda, qobigʻini ehtiyotlang. Axir ular “himoya kosa”larisiz yashay olmaydi.


[1] Plastinka — metall, shisha kabi qattiq narsaning yupqa parchasi.
[2] Mollyuska — chig‘anoq ichida bo‘ladigan umurtqasiz yumshoq tanli jonivor.
[3] Ustritsa — ikki pallali dengiz mollyuskalari oilasi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!