Gubka nima?
Gupka nima? Gupka haqida ma'lumot
2 min
Bu nima?

Doʻkonlarda sotiladigan va idish yuvish hamda oshxona tozalash uchun qo‘llaniluvchi gubkalar haqiqiy emas. Ular sintetik materiallardan tayyorlangan, haqiqiysiga juda oʻxshash va foydalanish uchun oson.

Asl gubkalar kimyoviy laboratoriyada emas, dengizda paydo boʻladi. Uzoq vaqt davomida koʻpchilik ular haqida hamma narsa bilishiga ishonar edi. 1825-yil Robert Grant ismli kishi gubka qachonlardir hayvon boʻlganini isbotlamagunga qadar ularni oʻsimlik deb hisoblashgan.

Grant suvdagi gubkalarni mikroskop orqali ko‘rib chiqqan. Mikroskopda esa u baʼzi teshiklardan kirib, boshqalaridan chiqayotgan suv oqimini koʻrgan. Shunga qaramay, koʻp yillar davomida olimlar buning qanaqa jonzot ekanini bilmagan. Uni bitta katta koloniyada yashaydigan mayda, bir hujayrali mavjudot deb hisoblashgan.

Hozirgi vaqtda shimgich sergʻovaklar sinfiga mansub dengiz jonivorlarining qurigan skeleti ekani maʼlum. Bu juda yirik hayvonlar guruhidir. Shimgich hayvonot dunyosining eng past tabaqadagi shakllaridan biri boʻlsa-da, uning tuzilishi juda murakkab.

Uning ustki qatlami zinapoyaga oʻxshash yassi katakchalardan iborat. Bu katakchalar hosil qilgan kanallar boshqa hayvonlarnikiga oʻxshamaydi. Ularning har biri katta “suv chiqarish tizimi” bilan tugaydigan ustunlardan iborat. Ular suvni shimgichga soʻrib olib, keyin boʻshatadi. Gubkalar shu tarzda kislorod va ozuqa (suv bilan birga soʻrilgan millionlab mayda organizmlar)ni qabul qiladi. Chiqindilar qayta ishlangan suv bilan birga chiqariladi. Shuning uchun suvi qolgan yangi gubkalar qoʻlansa hidli boʻladi. Bu hid esa ularni himoyalaydi, ya’ni boshqa hayvonlarda ularni isteʼmol qilish istagini oʻldiradi.

Gubkaning markazida harakatlanuvchi katakchalardan iborat och rangli jelega oʻxshash modda bor. Ehtimol, ular ovqat hazm qilish, nafas olish va chiqindilardan qutulish jarayonida ishtirok etar…

Gubkalar turli shakl va ranglarga ega boʻlishi mumkin. Umuman olganda, ular juda xilma-xildir va eng qimmatli turini qirgʻoqdan 80—130 km uzoqlikdagi masofada, katta chuqurliklarda uchratish mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!