Pashshalarning nechta turi mavjud?

Javob esa shunday boʻlishi mumkin edi: “faqat bitta tur — bezor qiluvchi!” Aslida, barcha xavfli boʻlmagan pashsha turlari juda jonga tegadigan va ularning jami 40 mingga yaqin turi mavjud! Dunyoda pashshalar azob bermaydigan joy deyarli boʻlmasa kerak, garchi hasharotlarga qarshi kimyoviy vositalar va boshqa usullardan foydalangan holda moʼtadil hududlarda ularni biroz kamaytirish mumkin.

Pashshalarning bu qadar koʻp turi borligi sizni hayratlantiryaptimi? Buning sababi biz ilmiy yondashuvdan foydalanmoqdamiz. Barcha qoʻshqanotli hasharotlar pashshalar yoki ilmiy tilda “dipterlar” deb ataladi.

Shunday ekan, ular chivinlarni ham oʻz ichiga oladi. Ammo bu hali boshlanishi. Shuningdek, keng tarqalgan uy pashshalari, juda ogʻriqli chaqadigan yashil boshli soʻna (pashshalarning bir turi), hamda asalarilarga juda oʻxshash boʻlib, gullarning nektari bilan oziqlanadigan asalarisimon pashshalar ham mavjud.

Endi biroz pashshalarning yanada qiziqarli turlari haqida gaplashamiz. Shimoliy oʻrmonlarning son-sanoqsiz gala boʻlib uchib yuradigan qora pashshalari baʼzan odam va hayvonlarning oʻlimiga olib kelishi mumkin boʻlgan chaqishi bilan mashhur. AQShning janubiy shtatlaridagi baʼzi chivinlar chaqishi bilan konyunktivit deb ataladigan kasallik mikroblarini tarqatadi. Afrikada yashovchi setse pashshasi uyqu kasalligining halokatli mikroblarini yoyadi. Avstraliyaning katta qaroqchi-pashshalari esa boshqa pashshalarning shirasini soʻrib olib oziqlanadi. Aytgancha, ninachi va may pashshasi aslida haqiqiy pashshalar emas, chunki ularning qanoti ikkitadan koʻproq.

Hammaga tanish boʻlgani esa, albatta, uy pashshasidir. Ammo uy pashshasining “moʻylabchalari” aslida sezgi emas, balki hid bilish aʼzolari ekanini bilarmidingiz? Ushbu moʻylabchalar hidni uzoq masofadan payqashi mumkin. Ularning yanglishib “til” deb hisoblanadigan aʼzosi aslida ularninq ogʻzidir.

Pashsha tovonining pastki qismidagi ikkita tirnoqda oyoq uchida yuradi. Tirnoq ostidagi yopishqoq yostiqchalar pashshaning qiynalmay oyogʻi osmonda boʻlib teskari yurishiga imkon beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!