Nega tilla qo‘ng‘iz kechasi porlaydi?

Tilla qoʻngʻiz porlashidan hayratga tushmagan odam bormi? Bolalar nur taratib, porlayotgan kichik “tirik chiroqcha”larni tutib, ularni idishlarda saqlash yoki qoʻlida olib yurishni yoqtiradi. Siz va olimlarni ham ajablantiradigan narsa — tilla qoʻngʻizning ajoyib porlashi. Bu hodisa sababi haligacha toʻliq aniq emas. Tilla qoʻngʻiz shuʼlasi boshqa yorugʻlik manbalariga juda oʻxshasa-da, undan issiqlik ajralib chiqmaydi. Yorug‘likning bu turi lyuminessensiya¹ deb ataladi. Tilla qoʻngʻizlarda yorugʻlik lyutsiferin² deb ataladigan modda tufayli hosil boʻladi. U kislorod bilan birlashganida porlash hosil boʻladi.

Ammo bu reaksiya lyutsifereyz deb ataladigan moddasiz sodir boʻlmaydi. U katalizator vazifasini bajaradi, yaʼni kimyoviy reaksiya amalga oshishiga yordamlashib, lyutsiferinning yonishi orqali yorugʻlik hosil boʻlishiga imkon beradi.

Endi olimlar bu yorugʻlikni laboratoriyada qayta takrorlay oladi. Buning uchun ular hasharotlardan yorugʻlik hosil qiluvchi qismlarni olishi kerak. Kimyogarlar ushbu ajoyib hasharotlar taratadigan nurni oʻzi mustaqil yarata olmaydi. Bu hali ham tabiat siri boʻlib qolmoqda.

Tilla qoʻngʻizlar nega tunda porlaydi?

Bu hodisaning koʻp izohlari bor. Ulardan biriga koʻra, bu nur erkak va urgʻochilarga bir-birini topishga yordam beradi. Yana bir sabab — tunda yorugʻlikdan qoʻrqadigan tungi qushlarni choʻchitish.

Ammo olimlar nima uchun bu miltillash tilla qoʻngʻizlarga juda zarurligini aniq bilmaydi. Chunki koʻp taxminlar asossiz. Ularning fikricha, yorugʻlik tilla qoʻngʻiz tanasida sodir boʻladigan kimyoviy jarayonlarning qoʻshimcha taʼsiridir. Balki bu hodisa kuzatilsa ham, bu hayot uchun ahamiyat kasb etmas. Ammo ushbu hodisa sabablari qanday boʻlishidan qatʼi nazar koʻpchilik yonar qoʻngʻiz borligidan xursand. Chunki tun qorongʻisida harakatlanayotgan bu kichik hasharotlar boʻlmish “tirik chiroq”larga qarash juda yoqimli.


[1] Lyuminessensiya — biror moddaning tashqi energiya manbai natijasida nurlanishi, nur sochishi, ammo modda qizimasligiga sabab boʻluvchi jarayon.
[2] Lyutsiferin — lyuminessent organizmlarda (masalan, gulxan) lyutsifereyz fermenti ta’sirida oksidlanganda yorug‘lik hosil qiladigan organik modda.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!