Uyada nechta asalari bor?

Asalarilarning hayoti insonlarnikidan ham murakkab. Bu borada boshqa hech qaysi hayvon turi ularga teng kela olmaydi. Asalari faqat toʻda aʼzosi boʻlganidagina omon qolishi mumkin. Asalarining bir oʻzi uzoq vaqt yasholmaydi.

Asalarilar toʻdasi bitta malika (ona asalari), minglab ishchi asalari va maʼlum mavsumlarda yana bir necha yuz, hatto minglab erkak asalaridan iborat boʻladi.

Toʻdaning qandaydir boshpanasi boʻlishi kerak — istalgan narsa ularga uya boʻlishi mumkin: gʻoʻla ichidagi gʻovak (teshik), quti yoki zamonaviy sanoat joyi.

Ona asalari tuxum qoʻyadi, lekin hammasini kuzatishga imkoni boʻlmaydi. U kuniga 1 500 tadan ortiq va mavsumda taxminan 250 000 ta tuxum qoʻyishi mumkin. Ona asalari hayoti davomida kamdan-kam hollarda millionta tuxum qoʻyishga muvaffaq boʻladi: odatda, koʻpchilik ona asalarilar faqat bir yoki ikki yil yashaydilar. U qoʻygan urugʻlantirilgan tuxumlar keyinchalik ishchi va ona asalarilarga, urugʻlantirilmaganlari esa erkak asalarilarga aylanadi.

Toʻdada faqat bir necha ming ishchi asalari boʻlishi mumkin, ammo rivojlanish davomida ularning soni 60 mingtaga ham yetishi mumkin! Koʻrib turganingizdek, maʼlum vaqtlarda uya juda gavjum boʻladi. Ishchi asalarilar soni koʻpayganda toʻdani bir nechta oilalarga ajratish kerak. Har bir ishchi asalari aniq belgilangan ishni tayyorgarliksiz bajara oladi. U juda qiyin ishni ancha vaqtdan beri bu bilan shugʻullangandek bajarishi mumkin. Dastlab ishchi asalari faqat kataklarni tozalaydi. Keyinchalik u uyani tark etadigan lichinkalarni¹ boqish bilan shugʻullanadi. Oxir-oqibat, u asalga aylanadigan nektar va gulchanglarni toʻplaydigan dala asalarisiga aylanadi.


[1] Lichinka — baʼzi jonli organizmlarning (qurt, hasharot, baliq va shu kabilar) rivojlanish (tuxumdan chiqish) bosqichi, shu davrdagi holati, gʻumbak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!