20.02.2024
Koʻpchilik asalarini, ayniqsa u bilan yuzma-yuz kelganlarida dushman deb bilishadi. Uni koʻrganimizda dastlab xayolimizga keladigan narsa — “Voy! Hozir u meni chaqib oladi!”
Ammo biz asalarilarning minglab turlari borligini va ularning koʻplari umuman chaqmasligini unutib qoʻyamiz. Bir narsa ularning barchasiga tegishli — ularning hammasi insonga foyda keltiradi, chunki barcha asalarilar gullash paytida oʻsimliklarni changlatadi va bu hosilni koʻpaytiradi. 50 dan ortiq qishloq xoʻjalik ekini asalarilarning changlatishiga bogʻliq.
Barcha hasharotlar singari asalarilarning ham oltita oyogʻi bor. Uning tanasi uchta asosiy qismga boʻlinadi: bosh, koʻkrak yoki oʻrta qism va qorincha. Boshida bir juft moʻylovcha, birlashgan ikkita katta koʻz, uchta alohida jagʻ va tilcha mavjud.
Koʻkrak qismiga uch juft oyoq va ikki juft qanot biriktirilgan. Asalarilarning barcha turlarida changlanishda ishtirok etadigan aʼzo — oyoqlardir. Baʼzi turlarining oyoqlarida gulchanglarni yigʻish uchun maxsus savatchalari bor.
Aksariyat urgʻochilarining qorinchasi oxiridan chiqadigan nishlari bor. Albatta, asalarilari chaqishi unchalik ham yoqimli emas, lekin bu kamdan-kam hollarda jiddiydir. Ehtimol, biz asalarilarning chaqishdan keyin oʻlishiga salbiy hissiyotlarimizni tinchlantirish uchun ishonamiz. Lekin aslida bunday emas!
Asalarilarning koʻp turlari nishini koʻp marta ishlatishi mumkin. Ishchi arining nishi oʻtkir boʻlgani sababli, chaqishdan keyin u terida qolib ketadi.
Doʻstlaringizga bu haqida aytib qoʻymang, yana arini oʻldiramiz deb quvlab qolishmasin. Aks holda arilar galasiga duch kelishlari mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.