Nega o‘rgimchak o‘z to‘riga ilinmaydi?

“Uyimda mehmon boʻlishni xohlaysanmi?”, — deb soʻradi oʻrgimchak pashshadan. Ayyor oʻrgimchak juda aqlli, toʻgʻrimi? U pashshaning toʻrga tushib qolishi va ajoyib kechki ovqatga aylanishini biladi-da.

Agar yopishqoq toʻr pashsha uchun tuzoq boʻlsa, unda nega oʻrgimchakning oʻzi unga tushib qolmaydi? Javob rostdan ham hayratda qoldiradi. Maʼlum boʻlishicha, oʻrgimchak ham oʻz toʻriga pashsha kabi osongina oʻralib qolishi mumkin. Bunday boʻlmasligining sababi esa bu — oʻrgimchak oʻz “uyida”. U toʻrni “besh barmogʻi”dek biladi. Toʻr toʻqish vaqtida oʻrgimchak bir nechta yopishmaydigan xavfsiz iplarni qoldiradi.

Oʻrgimchak turli tolalar ishlab chiqaradi. Yopishqoqlari oʻljani ushlash uchun ishlatiladi. Ammo yopishqoq boʻlmagan va pishiq tolalar ham mavjud. Oʻrgimchak qaysi biri yopishqoq ekanini biladi va ularni osongina chetlab oʻtadi. Bunda unga noodatiy sezgi hissi yordam beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!