Chumolilar nima yeydi?

Siz chumolilarni faqatgina juda baland togʻ choʻqqilaridan topa olmaysiz. Chumolilarning minglab turi bor. Buni tasavvur qilish qiyin-a?

Keling, chumolilarning gʻayrioddiy oziqlanish xususiyatlari haqida gaplashaylik. Oʻroqchi-chumoli hududda keng tarqalgan bironta oʻt urugʻlarini terib uyasiga olib boradi. Bu yerda urugʻlar saralanadi va oziq-ovqat zaxirasi sifatida yigʻiladi.

Boshqa bir chumolilar — sut fermerlari. Ular oʻsimlik biti, yaʼni shiralarini parvarish qiladi. Bu bitlar oʻzidan shirin suyuqlik ishlab chiqaradi, chumolilar esa bu suyuqlikni olish uchun ularni chetidan urib sogʻishadi. Ular asal hidli bu sutni xush koʻrishadi va shuning uchun ularga rosa gʻamxoʻrlik qilishadi.

Shuningdek, faqat qoʻziqorinlarda yashaydigan chumolilar ham bor. Ular isteʼmol qiladigan qoʻziqorinlar biror narsada oʻsishi kerak. Shu sababli chumolilar ularni astoydil parvarish qiladi.

Qiziqarlisi, tegirmonchi chumolilar ham mavjud. Ularning ushbu turi katta boshli ishchilardek maxsus guruhga ega. Boshning kuchli mushaklari jagʻlar bilan ishlash va ozuqani maydalashga imkon beradi. Ular oddiy ishchilar tomonidan olib kelingan donni maydalashadi. Oʻrim-yigʻim mavsumidan keyin tegirmonchilar oʻldiriladi va boshlari tishlab uzib tashlanadi. Bu qoʻshimcha xoʻrandalar boʻlmasligi uchun qilinadi.

Chumolilarning bir turi uyadagi ozuqa zaxirasini taʼminlaydi. Ishchi chumolilar gul nektarini olib kelganda toʻdaning maxsus chumolilari uni olib, yutib yuboradi. Qishda toʻdaning boshqa aʼzolari kelib, ularning ogʻzidan yetarli miqdorda ozuqa olishadi. Keyingi mavsumga qadar ular shu tariqa ovqatlanishadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!