Kuya nega junni yeydi?

Koʻpchilik kiyim, moʻyna va gilamlarda teshiklar paydo boʻlishida aybdor deb biladigan kiyim kuyasi deb nomlanuvchi kuya mavjud. Ammo kuyaning bu zararga umuman aloqasi yoʻq. Kuya hech qachon ularni yemaydi, u faqatgina tuxum qoʻyish va keyin nobud boʻlish uchun yashaydi. Barcha zararni uning avlodlari kapalak qurti bosqichida yetkazadilar.

Kuya tuxumlarini jun, moʻyna, gilam va boshqa buyumlarga qoʻyadi. Taxminan bir hafta oʻtgach, tuxumlar kapalak qurtiga aylanadi. Kapalak qurti — kapalak va kuya lichinkalari uchun umumiy nom hisoblanadi.

Kapalak qurtining asosiy vazifasi oziqlanish va oʻsish. U jundan kichik naychasimon gʻilof yasab, oʻsha bilan oziqlanadi. Qurt ortida toʻr bilan qoplangan iz qoldirib ipak pilla toʻqiydi.

Demak kiyimni kuyadan himoya qilish uchun unga tuxum qoʻyilmasligini taʼminlash kerak. Issiq kunlar boshlangach kiyimlarni javonga olib qoʻyishdan oldin ularni toza havoda shamollatib, tuxum yoki lichinkalar yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun diqqat bilan koʻrib chiqish kerak. Eng yaxshi usullardan biri — uni qogʻozga oʻrab yoki qalin qutiga solib qoʻyish: qogʻoz orqali kiyimga kuya tushmaydi. Maxsus dorilar kuyani choʻchitadi, lekin qoʻyilgan tuxum va paydo boʻlishga ulgurgan kapalak qurtini yoʻq qilmaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!