Chigirtka qanday chirillaydi?

Chigirtkaning odamga bog‘liqligi o‘zgacha. Koʻp mamlakatlarda bu hasharot bilan bogʻliq gʻalati irim-sirimlar mavjud. Masalan, uyda yashaydigan chigirtka baxt keltiradi, ammo uning “ketib qolishi” — yomon belgi. Italiya, Shimoliy Afrika va Yaponiyada chigirtkalar qafasda saqlanadi. Chunki odamlar uning quvnoq kuyini tinglashni yoqtiradi.

Aslida chigirtka kuylamaydi. U — “skripkachi” (skripka musiqa asbobini chaluvchi odam). U bu tovushlarni bir qanot oldining oʻtkir tomonini boshqasining yuzasiga ishqalab chiqaradi. Faqat erkaklari kuy “ijro etadi”. Ular kun boʻyi chirillab, bu kuy bilan urgʻochilarini oʻziga jalb qiladi. Qizlar eʼtiborini tortish uchun oʻgʻil bolalarning kun boʻyi skripka chalishini bir tasavvur qiling-a!

Chigirtkaning boshida emas, oyoqlarida joylashgan koʻzlari oʻtkir. Uning moʻylovchasi juda uzun va oyog‘i sakrash uchun moslashgan.

Uy chigirtkasi (baʼzan oʻchoq chigirtkasi) Yevropada yashaydi. Ancha yillar oldin u Yangi Dunyo (Yerning g‘arbiy yarim sharining ko‘p qismi, xususan, Amerika)ga ham olib kirilgan va hozirda AQShning koʻp joylarida yashaydi. U — boʻyi taxminan 3 sm hamda jigarrang dogʻlar bilan qoplangan kulrang-sargʻish rangdagi kichik hasharot. U turar joy binolarida yashaydi. Chigirtkalar issiqlikni yoqtiradi va koʻpincha kamin (oʻchoq) yaqiniga joylashib, tosh yoki pol taxtalar orasidagi yoriqlarga yashirinadi. 

Dala chigirtkasi katta va qora rangda. U oʻziga kichik bir chuqurcha, ya’ni uya qazib oladi. Urgʻochilarini jalb qilish paytida erkagi kirish joyiga oʻtirib chirillaydi. Yogʻoch chigirtkalari ham mavjud. Ular musiqadagi past ohanglarni yoqtiradi.

Fermerlar chigirtka lichinkalari (ba’zi jonli organizmlarning rivojlanishi, tuxum yoki g‘umbakdan chiqish bosqichi)dan dahshatga tushadi. Chunki ular oʻzi tuxumdan chiqqan buta, uzumzor va daraxt barglarini yeb tugatadi.

Xitoy chigirtkalari maxsus “chigirtka janglari”da bir-biri bilan jang qilishi uchun koʻpaytirilishi va ularni tomosha qilayotgan odamlar bunga pul tikishini bilarmidingiz?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!