20.02.2024
Baʼzi mamlakatlarda “Dront kabi vafot etdi” iborasi mavjud. Odam ahmoqona biror ish qilganida, uni “dront” deb atashadi. Keling, nega dront ahmoqona narsaning ramzi ekanini bilib olamiz.
Taxminan yuz yil oldin Mavrikiy oroli va Hind okeanining Madagaskar orolidan sharqdagi boshqa orollarda dront nomli qush yashagan. Uning dushmani boʻlmagan, shuning uchun unda boshqa qushlardek himoyalanish kabi qobiliyatlarning birontasi rivojlanmagan. U uchish, tez yugurish yoki oʻzini himoya qilishni bilmagan. Natijada u juda gʻayrioddiy mavjudotga aylangan. Ushbu qush kaptar oilasining qarindoshi boʻlsa-da, ularga umuman oʻxshamagan. Uning tanasi katta, dumaloq va ikkita kurka kattaligida semiz edi. Oyog‘i shunchalik kalta boʻlganki, ular qush ogʻirligini zoʻrgʻa ushlab turgan.
Dront dumi befoyda bir tutam mayda patlar bilan qoplangan. Qush qanoti uchishga hojat yoʻqligidan kichrayib, bu funksiyani bajara olmay qolgan. Drontning boshi juda katta boʻlib, ilgakka oʻxshash tumshugʻi boʻlgan. Qush faqat bitta usul bilan harakatlangan: u lapanglab yura olgan.
Portugaliyalik tadqiqotchilar 1507-yil Mavrikiy oroliga kelganida bu gʻalati jonivorni kashf qilgan. Qush kulgili koʻrinishga ega ekani va oʻzini himoya qila olmagani sababli uni “duodo”, yaʼni “goʻl” deb atashgan. Qush uyi oʻt uyumida joylashgan boʻlib, unga faqat bitta katta tuxum qoʻygan.
Keyinchalik odamlar orolga choʻchqalarni keltirgan, bu cho‘chqalar esa dront tuxumlari va joʻjalarini yoʻq qila boshlagan. Oqibatda 1681-yilga kelib, bu qush turi butunlay qirilib ketgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.