Asteroid nima?
Asteroid qachon ixtiro etilgan?
2 min
Bu nima?

Osmon jismlari olamidagi kashfiyotlar koʻpincha biror sirni ochishga oʻxshaydi. Asteroidlar aynan shu tarzda kashf etilgan. Olimlar Titsius va Bode turli vaqtda Mars va Yupiter oʻrtasida qandaydir sayyora boʻlishi kerak degan xulosaga kelgan, chunki ular orasidagi masofada qandaydir boʻshliq boʻlgan edi. Shuning uchun bir nechta astronomlar ushbu sayyorani qidirishni boshlagan. 1801-yilda u yerda haqiqatan ham sayyora topilgan va Seryer deb nomlangan. Ammo bu diametri atigi 966 km boʻlgan juda kichik sayyora boʻlgan. Olimlar uni kichik sayyoralar guruhiga mansub sayyoralardan bittasi boʻlishi mumkin degan qarorga kelgan va izlanishlar davom etgan.

Biroz vaqt oʻtgach, eng kattasi Seryerdan ikki barobar kichik boʻlgan yana uchta sayyora topilgan. Astronomlar bu sayyoralarni qandaydir katta sayyora portlashidan qolgan toʻrtta boʻlak deb o‘ylagan. Ammo oʻn besh yillik izlanishlardan soʻng bir astronom yana bir kichik sayyorani topgan va “ov” davom etgan. 1890-yilga kelib, 300 ta kichik sayyora va 1890 dan 1927 gacha — 2000 ta sayyora topilgan. Asosan Mars va Yupiter oralig‘ida, Quyosh atrofida aylanib yuradigan bu kichik sayyoralar asteroidlar deb nomlandi. Ularning soni 100 000 atrofida deb taxmin qilinmoqda, garchi ularning koʻpchiligi juda kichik oʻlchamga ega va osongina aniqlash mushkul. Baʼzilarining koʻndalang oʻlchami atigi bir necha yuz metrni va ularning umumiy massasi Yer massasining ozgina qismini tashkil qiladi. Asteroidlarning paydo boʻlishi haqidagi gipotezaga koʻra, ular Yupiterning portlagan yoʻldoshining parchalaridir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!