Agar chang bo‘lmasa nima bo‘lar edi?
Changsiz hayot qanday bo'ladi? Chang nima?
2 min
Tarix

Agar chang boʻlmasa, dunyo haqiqatan ham yaxshiroq boʻlarmidi? Bu savolga baʼzi jihatlarda — ha, boshqalarida esa yoʻq deb javob berish mumkin. Aslida chang nima? Chang tuproq zarralari yoki boshqa qattiq moddalardan iborat boʻlib, bu zarralar shamol koʻtarib olib ketishi uchun yetarlicha yengildir. Xoʻsh, ular qayerdan paydo boʻladi? Ularning manbai oʻsimlik yoki hayvonot dunyosining qoldiqlari, dengiz tuzi, vulqon va choʻl qumi, kul yoki qurum boʻlishi mumkin.

Koʻpgina hollarda chang nomaqbul va foydasizdir. Lekin boshqa tarafdan, u olamni yanada chiroyli qilishga yordam beradi. Quyosh chiqishi va botishidagi ajoyib goʻzal ranglar koʻp jihatdan havoda tarqalgan chang tufaylidir. Havoning yuqori qatlamidagi chang zarralari quyosh nurini aks ettiradi. Bu quyosh botganidan keyin ham yana bir yoki ikki soat davomida quyosh yorugʻligidan bahramand boʻlishimizga imkon yaratadi. Quyosh nurini tashkil etuvchi ranglar havoda tarqalgan chang va suv bugʻi zarralaridan aks etib, turli burchaklarda sinadi. Bu zarralar quyoshning qizil nurini muayyan tarzda sindirib, ular koʻrish doirasidan gʻoyib boʻladigan eng soʻnggi nurlarga aylangani tufayli quyosh botishi qizil rangga ega.

Changning yana bir muhim vazifasi, yomgʻir bilan bogʻliq. Agar har bir tomchi suv uchun markaz boʻlib xizmat qiladigan chang zarralari boʻlmaganida, havodagi suv bugʻlari bunchalik tez suyuqlikka aylanmagan boʻlardi. Shunday ekan, bulut, tuman, yomgʻir asosan suyuqlik bilan oʻralgan son-sanoqsiz chang donalaridan hosil boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!