Samoda nechta yulduz turkumi bor?
Yunon astronomlari nechta yulduz turkumini aniqlagan?
< 1 min
Bizning olam

Osmondagi yulduzlarga qarab, baʼzida u yerda kvadrat, harf va boshqa tanish shakllarni koʻrish mumkin. Oʻtmishda dunyoning deyarli barcha qismlarida yashagan odamlarga ham shunday tuyulgan. Ular yulduzlar guruhini kuzatib, ularga nom bergan. Ammo osmonda biron nomga mos keladigan shaklni topish oson emas. Shuning uchun ham yulduz turkumlari haqiqatan ham nomini eslatadigan shakllarga ega boʻlishini kutmaslik kerak. Yunon astronomlari 48 ta yulduz turkumini sanab oʻtgan, ulardan keyin yana 40 tasi aniqlangan.

Shunday qilib, hozir osmonda 88 ta yulduz turkumi mavjud. Albatta, barcha yulduz turkumlarini ham Yerning istalgan joyidan koʻrib boʻlmaydi. Ulardan baʼzilari Shimoliy yarimshar osmonida, baʼzilari esa faqat ekvatordan janubda joylashgan joylardan koʻrinadi. Yer Quyosh atrofida aylanib harakatlangani sari ufqda yangi yulduz guruhlari paydo boʻladi. Qutb yulduzi atrofida aylanib yurganga oʻxshab koʻrinadigan qutbga yaqin yulduz turkumlari yil davomida koʻrish doirasida boʻladi. Bundan tashqari, faqat qish, bahor, yoz yoki kuzda paydo boʻladigan yulduz turkumlari ham mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!