Gallyutsinatsiya nima?
Gallyutsinatsiya haqida ma'lumot, Gallyutsinatsiya nima?
2 min
Bu nima?

Baʼzida odamlar aslida mavjud boʻlmagan biror narsani koʻrganini daʼvo qiladi. Ularga ruhlar yoki baʼzi gʻalati mavjudotlar koʻringan boʻlishi mumkin. Baʼzida bolalar hech kim koʻrmagan narsani koʻrganini aytadi. Baʼzan bu fantaziya yoki orzular, baʼzan esa illyuziyalar. Illyuziya va gallyutsinatsiya oʻrtasida farq bor. Illyuziya odamning koʻrish yoki sezgilarini chalgʻitadigan narsa borligini anglatadi. Buni tekshirish mumkin, chunki boshqa odamlar ham buni koʻradi.

Masalan, sarob illyuziyaning bir turi. Ammo eng muhimi shundaki, odam koʻrgan narsasini aniq koʻryapman deb oʻylashining sababi bor. Lekin odamda gallyutsinatsiya boʻlsa, unda bu sabab yoʻq. Koʻrish yoki his qilishga tashqi taʼsir qiluvchi stimul boʻlmaydi. Yagona stimul insonning oʻzida, taʼsir qiluvchi uning oʻz tasavvuridir.

Gallyutsinatsiyalar dahldor sezgi aʼzolariga qarab har xil boʻlishi mumkin. Koʻproq eshitish gallyutsinatsiyalari uchraydi. Kishi tasavvurida ovozlar, gʻoʻngʻir- gʻoʻngʻir tovushlar, kulgi, yigʻi, qoʻngʻiroq jarangi, musiqa va hatto oʻq ovozini eshitgandek boʻladi. Keyingi eng keng tarqalgan turi — vizual gallyutsinatsiyalar. Odamlarga hozirgi paytda yoʻq kishilar, hayvon, buyum yoki jonli manzaralar koʻrinishi mumkin. Baʼzan ular qoʻrqitadigan gʻalati, dahshatli va gʻayritabiiy narsalarni koʻradi. Baʼzida esa odamlarda taʼm yoki hid va hatto his qilish bilan bogʻliq gallyutsinatsiyalar kuzatiladi.

Gallyutsinatsiyalar paydo boʻlishi sababi turli xil narsalar boʻlishi mumkin. Eng keng tarqalgan sabablardan biri — odam biror narsadan juda bezovta va xavotirda boʻlishi. Kishi juda hayajonlangan holatda, masalan, juda gʻazablangan yoki qoʻrqqanda ham unda gallyutsinatsiyalar paydo boʻlishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, kuchli hayajondan, qoʻrquv, jazava yoki biror narsani oldindan sezish holatlari kishida gallyutsinatsiyani yaratishi mumkin.

Ayrim narkotiklar ham gallyutsinatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, kokain terida hasharotlar oʻrmalab yurgandek gallyutsinatsiyani keltirib chiqaradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!