Shamol tezligi qanday o‘lchanadi?

Noqulay ob-havoda shamol dahshatli tezlikda esayotgandek tuyulishi, keyinchalik esa ob-havo maʼlumotlarida “Shamol tezligi soatiga 10 dan 15 milni tashkil etadi”, deyilganini eshitishingiz mumkin. Shamol tezligi borasida yanglishish juda oson. Ammo shamol tezligini aniq bilish koʻp odamlar uchun juda muhimdir va shuning uchun bu tezlikni aniqlashning ilmiy usullari mavjud. Shamol tezligini oʻlchaydigan birinchi asbob 1667-yilda ingliz Robert Xuk tomonidan ixtiro qilingan. Bu qurilma anemometr deb ataladi.

Anemometrlarning koʻp turi mavjud, lekin eng keng tarqalgani oʻqqa oʻrnatilgan bir nechta alyuminiy pallalardan iborat. Ular erkin oʻrnatilgan boʻlib, shamol qanchalik kuchli boʻlsa, oʻqdagi pallalar shunchalik tez aylanadi. Pallalarning muayyan vaqt oraligʻidagi aylanishlar soniga koʻra shamol tezligini hisoblab chiqish mumkin. Odamlar uchishni boshlaganida, havoning yuqori qatlamlaridagi shamol tezligini oʻlchash zarurati paydo boʻlgan. Buning uchun havo sharlari uchirilib, ular “teodolitlar” deb nomlangan maxsus optik asboblar yordamida kuzatilgan. Ammo sharlar bulutlar ichida qolganida ularni kuzatish imkonsiz boʻlgan.

1941-yilda meteorologik radar ixtiro qilingan. Endi radar sharni bulutlar orqali ham kuzatishi va atmosferaning yuqori qatlamlaridagi shamol tezligini oʻlchashi mumkin. Qadimdan odamlarni shamol qaysi yoʻnalishda esayotgani qiziqtirgan va 900-yillarda cherkovlarning shpillariga shamol yoʻnalishini koʻrsatuvchi flyugerlar oʻrnatilgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!