Sayyoralar to‘qnashishi mumkinmi?
Quyosh tizimidagi sayyoralar qanday tartibda joylashgan? Eng katta sayyora qaysi?
2 min
Bizning olam

Osmonni toʻldirib turgan sayyora va yulduzlarni koʻrib, xayolingizda bir kun ular toʻqnashib ketishi mumkinmi degan savol tugʻilishi mumkin. Xayriyatki, buning ehtimoli juda kam. Osmonga qarab, ayrim yulduz va sayyoralar boshqalariga qaraganda Yerdan qanchalik uzoqda ekanligini aniqlay olmaymiz. Buni yaxshiroq tushunish uchun keling, butun Quyosh tizimini koʻrib chiqaylik… 

Sayyoralar hech qachon Quyoshning tortishish maydonidan chiqmaydi. Ular doimiy ravishda aylana shakliga yaqin boʻlgan orbitalarda harakat qiladi. Sayyoralarning tezligi ular bilan Quyosh oʻrtasidagi masofaga bogʻliq.

Tasavvur qiling, sizning boshingiz Quyosh bilan bir xil oʻlchamdagi va tizimda muayyan joyiga ega boʻlgan Quyosh. Bunday holda u turli diametrdagi bir nechta doiralarning markazidir. Ushbu doiralar esa sayyoralar Quyosh atrofida aylanadigan orbitalardir. Agar boshingiz markazda boʻlsa, u holda eng yaqin aylana boʻylab aylanadigan Merkuriy sizdan 6 metr uzoqlikda boʻladi. Uning oʻlchami taxminan shu jumla oxiridagi nuqtaga teng boʻladi (bunda boshingizni Quyosh o‘lchamida deb tasavvur qilayotganingizni unutib qoʻymang). Venera aylana boʻylab 11,9 metr masofada harakatlanadi va uning oʻlchami taxminan “o” harfiga teng.

Uchinchi doirada bizning sayyoramiz, Yer joylashgan va u Veneradan biroz kattaroqdir. U boshingizdan taxminan 16 metr uzoqlikda (bu masofa taxminan 150 000 000 kilometr). Toʻrtinchi aylanada Yerdan bir oz kichikroq boʻlgan Mars joylashgan. U boshingizdan 25 metrga uzoqda boʻladi.

Keyin eng katta sayyora — Yupiterga oʻtamiz. Boshingiz (Quyosh) bilan taqqoslaganda, u shisha toʻpchaga oʻxshaydi va futbol maydonining uzunligiga teng masofada joylashgan. Oltinchi aylanada — Saturn, diametri 12 mm va Yupiterdan deyarli ikki baravar uzoqda. Diametri 5 mm boʻlgan Uran esa Saturndan ikki baravar olisda. Neptun Urandan bir oz kichikroq va Quyoshgacha boʻlgan masofaning yarmida joylashgan. Yerdan ikki baravar kichik boʻlgan Pluton esa Yupiterdan 8 baravar uzoqda joylashgan. Ularning barchasi doimo atrofimizdagi orbitalarda aylanib yurganligi sababli nega ularning toʻqnashish ehtimoli kam ekanligini endi tasavvur qilishingiz mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!