Nega mashinada harakatlanayotganda Oy ortimizdan izma-iz “boradi”?

Oy bizga yaqindek tuyulishi mumkin, ammo undan Yergacha boʻlgan oʻrtacha masofa 239 000 milni tashkil qiladi. Oyning diametri 2160 mil boʻlib, bu AQShning sharqiy qirgʻogʻidan gʻarbiy qirgʻogʻigacha boʻlgan masofadan sal kamroqdir. Lekin Oy juda kuchli teleskop orqali kuzatilsa, ungacha boʻlgan masofa 200 mildan kamdek tuyuladi. Oy bizga juda yaqin va katta boʻlib tuyulgani sababli baʼzan  239 000 mil ancha katta masofa ekanini unutib qoʻyamiz. Aynan shu ulkan masofa mashinada ketayotganimizda va Oyga qaraganimizda u biz bilan izma-iz kelayotgandek ko‘rinishini izohlaydi.

Avvalo shuni aytishimiz kerakki, bizga shunday tuyuladi — bu shunchaki hissiyot, psixologik reaksiya. Yoʻlda yeldek uchib ketayotganimizda hamma narsa bizning yonimizdan teskari yoʻnalishda uchib oʻtayotganiga koʻzimiz tushadi: daraxt, uy, toʻsiq va yoʻllar… 

Oydan ham yonimizdan uchib oʻtishini yoki oldinga ilgarilaganimiz sari hech boʻlmaganda orqada qolib ketishini kutamiz. Bu sodir boʻlmaganda esa u bizni “taʼqib qilayotgandek” tuyuladi.

Xoʻsh, nega bunday boʻladi? Chunki Yerdan Oygacha boʻlgan masofa juda katta. Mashinamizning bir necha daqiqada bosib oʻtadigan masofasi bilan taqqoslanganda ham bu anchagina. Shuning uchun mashinada harakatlanayotganimizda Oy koʻrinadigan burchak deyarli oʻzgarmaydi. Darhaqiqat, biz toʻgʻri chiziq boʻylab ancha yurishimiz mumkin, lekin Oyni koʻradigan burchagimiz deyarli oʻzgarishsiz qoladi. Hamma narsa yonimizdan uchib oʻtayotgan boʻlsa-da, Oyning bizni “taʼqib qilish” hissi saqlanib qoladi.

Mana endi mashinada ketayotganingizda Oyning siz bilan birga “ketishi” shunchaki u bilan orangizdagi ulkan masofa tufayli ekanini bilasiz.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!