Yorug‘lik yili qanday kashf etilgan?
Yorug'lik tezligi qancha ekanini bilasizmi?
2 min
Tarix

Yorugʻlik nima ekanini toʻliq izohlab bera olmasak ham, uni aniq oʻlchay olishimiz mumkin. Yorugʻlik qanchalik tez harakatlanishini juda yaxshi tasavvur qilamiz. Yorugʻlik yili yorugʻlik nurining bir yil ichida bosib oʻtadigan masofasi boʻlgani uchun bu kashfiyot yorugʻlik tezligi bilan bogʻliq. Kashfiyotni 1676-yilda daniyalik astronom Ole Ryomer amalga oshirgan. U Yer oʻz orbitasida harakatlanib, Quyoshning orqa tomoni — Yupiter joylashgan joyning qarama-qarshi tomoniga oʻtgani sari Yupiter yoʻldoshlaridan birining tutilishi tobora kechika boshlaganini payqagan.

Keyinchalik Yer eski joyiga qaytgach, tutilishlar yana avvalgi jadvalga koʻra sodir boʻla boshlagan. Vaqt farqi taxminan 17 daqiqani tashkil etgan. Bu esa yorugʻlik Yer orbitasining diametriga teng masofani bosib oʻtishi uchun kerakli boʻlgan vaqtni anglatadi. Maʼlumki, bu masofa taxminan 186 000 000 milga teng. Yorugʻlik ushbu masofani bosib oʻtishi uchun 1000 soniya (taxminan 17 daqiqa) atrofida vaqt kerak boʻlgani tufayli uning tezligi sekundiga qariyb 186 000 mil bo‘lishini bildiradi.

Bizning davrimizga kelib, professor Albert Maykelson yorugʻlik tezligini mukammal aniqlash uchun koʻp yillar sarflagan. Boshqa usuldan foydalanib, u soniyasiga 186,284 mil natijani olgan va hozirda bu juda aniq raqam hisoblanadi. Bu tezlikni yildagi soniyalar soniga koʻpaytirsak, yorugʻlik yil davomida 5 880 000 000 000 milni “bosib oʻtishi“ maʼlum boʻladi. Ushbu masofa esa yorugʻlik yili deb ataladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!