Observatoriya nima?
Ilk bservatoriyalar qanday qurilgan?
2 min
Bu nima?

Ming yillar oldin astronomlar Quyosh, Oy va yulduzlarni oʻrganishda Misr piramidalari, Bobil minoralari va ibodatxonalardan foydalangan boʻlishi mumkin. Chunki u vaqtda teleskoplar yo‘q edi. Vaqt oʻtishi bilan astronomik asboblar paydo boʻlib, hajmi va soni oshib borgani sayin ularni joylashtirish uchun observatoriyalar qurila boshlangan. Ayrimlarining tarixi ming yildan ham koʻproq vaqt oldinga borib taqaladi. 

Observatoriya qurish uchun joyning toʻgʻri tanlanishi muhim. Qulay ob-havo sharoiti, moʻtadil harorat: quyoshli kunlar, bulutsiz tunlar koʻproq, tuman, yomgʻir va qor yogʻishi kamroq boʻlishi kerak. Shuningdek, ushbu bino osmonni juda yoritib, kuzatuvlarga xalaqit beradigan shahar chiroqlari va neon reklamalaridan uzoqda joylashishi lozim.

Teleskoplardan tashqari yashash joyi boʻlgan binolar ham mavjud. Asboblar poʻlat va beton konstruksiyalarga joylashtirilgan. Teleskoplar oʻrnatiladigan binolar ikki qismdan iborat bo‘ladi. Pastki qismi harakatsiz boʻlib, yuqori qismi yoki tomi aylana oladigan gumbaz shakliga ega. Gumbazda teleskop osmonni kuzatishi uchun ochiladigan tirqish mavjud. Gumbazning aylanishi tufayli tirqish osmonning istalgan qismiga qarab ochilishi mumkin. Gumbaz ham, teleskop ham elektr motorlar yordamida harakatlanadi. Zamonaviy observatoriyada uskunani siljitish uchun astronom bir nechta tugmachani bosishi kifoya.

Albatta, kuzatish uchun astronom har doim okulyar qarshisida boʻlishi yoki u yerga kamera oʻrnatilishi kerak. Shuning uchun baʼzi observatoriyada pol koʻtarilib, tushirilishi mumkin va u yerda sozlanadigan platforma bo‘ladi. Astronomlar osmonni kuzatish uchun oʻz koʻzigagina suyanmaydi. Ularda koʻplab murakkab asboblar: kamera, spektroskop, spektrograf, spektrogeliograf kabi teleskop moslamalari mavjud. Ushbu asboblarning barchasi olimlarni muhim maʼlumotlar bilan taʼminlaydi.

Yurtimizdagi mashhur, XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan biri, ko‘hna astronomik kuzatuv muassasi bo‘lgan Ulug‘bek rasadxonasi haqida bilsangiz kerak-a?!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!