Qanday qilib spektr koinotni o‘rganish imkonini beradi?

Spektrning (ko‘rinish, tasvir) oʻzinigina oʻrganish astronomga koʻp milliard mil uzoqlikdagi yulduz nimadan iboratligi va unda qanday elementlar borligi, yulduz haroratini oʻlchash, uning harakat tezligini hisoblab, bu harakat Yer tomonga yoki qarama-qarshi tomonga yoʻnalganligini aniqlash imkonini berishini bilamiz. Masalan, oq nur prizma orqali oʻtayotganda sinib, spektr chiziqlariga boʻlinadi. Spektr boʻylab turli xil rang tuslaridan tashqari yuzlab parallel chiziqlar mavjud. Ular kashfiyotchi Fraungofer sharafiga “Fraungofer chiziqlari” deb ataladi.

Gazsimon yoki bugʻ holatidagi har bir kimyoviy element oʻziga xos chiziqlar birikmasidan iborat bo‘lib, spektrda oʻz oʻrniga ega. Chiziqlar nurlanishgacha qizdirilgan element qaysi rangdagi nurni yutayotganini bildiradi. Bu esa qanday masofada boʻlishidan qat’iy nazar, olim istalgan moddaning nimadan iboratligini aniqlay olishini anglatadi. Har bir elementning oʻziga xos “qora chizigʻi” yoki boshqa elementdan farq qiladigan yutilish spektri bor. Oʻrganilayotgan materialning spektrini maʼlum elementlarning spektrlari bilan oddiy taqqoslash orqali fizik uning nima ekanini aniqlay oladi.

Boshqacha qilib aytganda, har bir element yorugʻlik tasviri koʻrinishida “barmoq izlari”ni qoldiradi. Harorat elementning spektral chiziqlari holatida oʻzgarishlarni keltirib chiqargani sababli astronomlar milliardlab mil uzoqlikdagi yulduzlarning harorati haqida koʻp narsalarni aytib berishi mumkin. Yulduz biz tomonga qarab harakat qilganida spektr chiziqlari spektrning binafsha qismi tomon siljiydi. Agar yulduz bizdan uzoqlashsa, chiziqlar qizil qism tarafga siljiydi. Olimlar koinotda baʼzi yulduzlarning siljish darajasi sekundiga 150 mil tezlikda ekanligini hisoblab chiqqan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!