Yulduzlar qanday o‘rganiladi?
Radio teleskoplar haqida eshitganmisiz?
2 min
Bizning olam

Yerdan eng yaqin yulduzgacha boʻlgan masofa toʻrt yarim yorugʻlik yilini tashkil qiladi. Bir yorugʻlik yili taxminan olti million million mil yoki 6 000 000 000 000 mil. Shu o‘rinda savol tugʻiladi, agar yulduzlar bizdan juda katta masofada boʻlsa, ularning oʻlchami, tarkibi va boshqa xususiyatlarini qanday aniqlash mumkin? Bir paytlar teleskop astronomlarning yagona asbobi edi. Hozirgi vaqtda astronomlarga yulduzlarning harakati, yorqinligi, rangi, harorati va tarkibini oʻrganishga imkon beradigan koʻplab asboblar mavjud. Eng muhimi — kuzatiladigan yulduzlarni doimiy ravishda suratga olish uchun ishlatiladigan fotokamera.

Boshqa asbob — bu yulduzlarning spektrlarini yoki ulardan chiqayotgan yorugʻlik nurini suratga olish uchun ishlatiladigan spektrograf. Spektrograf yordamida astronomlar yulduzlarning tarkibi, ularning harorati va harakatlanish tezligi toʻgʻrisida koʻp ma’lumotlarga ega boʻldi. Bir yulduzning spektri boshqasinikiga oʻxshash boʻlishi mumkin. Har bir spektral sinfdagi yulduzlar bitta rangga ega ekanligi ham aniqlandi. Ranglar koʻkdan qizilgacha boʻlishi mumkin. Bizning Quyosh bu qatorning oʻrtasida joylashgan sariq yulduzdir. Yulduzning haroratini spektr ranglarini oʻlchash orqali ham aniqlash mumkin. Moviy yulduzlar katta, issiq, yorqin boʻlib, 25000 daraja va undan yuqori haroratga ega. Qizil yulduzlar juda sovuq boʻlib, yuza harorati 1600 daraja va undan past.

Yulduzning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun astronom yulduzlarning spektrlarini laboratoriya sharoitida olingan spektrlar bilan taqqoslaydi. Yulduzlar tarkibida topilgan barcha elementlar Yerda ham mavjud, ammo yulduzlar asosan juda issiq gazlar — vodorod va geliydan iborat sharlar. Astronomlar, shuningdek, osmonning katta qismlarini suratga olishga imkon beradigan maxsus teleskoplardan foydalanadi.

Radio teleskoplar — bu boshqa turdagi qurilmalar. Ular juda katta antenna, qabul qilgich va qayd qilish sensoridan iborat. Ushbu qurilma yulduz va sayyoralardan taralayotgan radio nurlanish kuchini qayd etadi. Shunday qilib, biz turli xil asboblar yordamida uzoq masofalarni bosib oʻtib, yulduzlar haqida juda koʻp narsalarni bilib olishimiz mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!