Yupiterning nechta yo‘ldoshi bor?
Eng katta sayyora qaysi ekanini bilasizmi? Yupiter nima? Yupiter haqida ma'lumot.
3 min
Bizning olam

Hozir kosmik kemalar va ochiq kosmik sayohatlar haqida oʻqiyotgan davrda Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralarga boʻlgan qiziqish ham ortib bormoqda. Ehtimol, biz uchun Marsdan keyingi eng qiziqarli sayyora Yupiter boʻlsa kerak. Avvalo, Yupiter quyosh tizimining miniatyuradagi shakliga oʻxshaydi. Hozirgi vaqtga kelib, Yupiter atrofida aylanib yuradigan kamida oʻn oltita yoʻldosh yoki oy kashf etilgan. Ulardan toʻrttasining oʻlchami bizning Oyga yaqin. Ulardan ikkitasining diametri atigi 30 mil, baʼzilari esa juda mayda. Ularning diametri taxminan 15 mil yoki undan ham kam. Yupiter — barcha sayyoralarning eng kattasi va uning hajmi Yernikidan 1300 baravar katta.

Garchi u Yerga 367 000 000 mildan yaqinroq masofaga kelmasa-da, unga oddiy koʻz bilan qaraganda ham yorqin va chiroyli manzarani koʻrish mumkin. Yupiterni teleskoplar yordamida oʻrganayotgan astronomlar esa doimiy ravishda oʻzgarib turadigan manzarani koʻradi. Uning yuzasida hududlar deb ataladigan yorqin boʻshliqlar bilan ajratilgan tasmalar yoki kamarlar mavjud. Kamarlar aniq koʻrinishga ega emas, lekin doimiy ravishda har xil turdagi tartibsiz shakllarga boʻlinadi. Hududlar ham vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi va ularda toʻsatdan qora dogʻlar, yorqin oqish joylar paydo boʻladi.

Astronomlarning fikriga koʻra, biz kamar yoki hududlar sifatida koʻradigan narsalar aslida bulut yoki bugʻlanishlar toʻdasi boʻlib, ular koʻpincha notinch holatda boʻladi. Yupiterning gʻalati jihatlaridan biri shundaki, koʻpincha uning yuzasida ajoyib ranglar paydo boʻladi. Ikki kamar rangi qip-qizildan jigarrang, kulrang yoki hatto moviy ranggacha oʻzgaradi. Bu qandaydir tarzda Yupiterning Quyosh atrofida aylanishi bilan bogʻliq deb hisoblanadi. Bir aylanish davri 12 yilni tashkil etadi, rang oʻzgarishi ham 12 yillik davriylik bilan sodir boʻladi.

Ehtimol, Yupiterga aloqador boʻlgan eng qiziqarli va diqqatga sazovor narsa undagi ulkan qizil dogʻdir? Uning uzunligi taxminan 30 000 mil, kengligi esa taxminan 8 000 mil. Unda kuchli rang, shakl, yorqinlik va harakatchanlik oʻzgarishlari mavjud. Baʼzi yillarda u yorqin qizil, boshqa payti kulrang boʻlishi mumkin va baʼzida u butunlay yoʻq boʻlib ketgandek tuyuladi. Bundan tashqari, bu sirli qizil dogʻ Yupiter yuzasi boʻylab siljib harakatlanayotganga oʻxshaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!