Qit’alar qachonlardir bir butun bo‘lganmi?
Qit'alar qanday shakllangan? Qit'alar haqida ma'lumot.
2 min
Tarix

Dunyo xaritasiga bir nazar soling. Endi esa Janubiy Amerika va Afrikaga qarang. Janubiy Amerikaning Braziliya joylashgan oʻng tomonidagi boʻrtiqni va Afrika konturining chap tomonidagi botiqlikni koʻrdingizmi? Sizga ham ular oʻzaro birlashtirilsa, bitta qitʼa hosil boʻladigandek tuyulmayaptimi? 

50 yil oldin Alfred Vegener ismli bir nemis olimi shunday qilib koʻrgan edi. U Janubiy Atlantika okeanining qarama-qarshi qirgʻoqlarini oʻrganayotgan kishini Braziliya va Afrika qirgʻoqlarining oʻxshashligi biroz ajablantirishi kerak. Braziliya tomonidagi har bir boʻrtiq Afrikaning shu shakldagi botiqliklariga mos keladi deb yozgan edi.

Vegener, shuningdek, tabiatshunoslar Janubiy Amerika va Afrikaning tarixdan ilgarigi oʻsimlik va hayvonot hayotini oʻrganish mobaynida koʻplab oʻxshashliklarni topganini bilib oldi. Bu uni ikki qitʼaning bir vaqtlar bitta boʻlganiga va keyin ajralib ketganiga ishontirdi. U qitʼalarning harakatlanish nazariyasi deb nomlangan nazariyani ishlab chiqdi. Ushbu nazariyaga koʻra, yer yuzidagi quruqlik massivlari bir vaqtlar oʻz daryo, koʻl va ichki dengizlari boʻlgan bitta qitʼa boʻlgan. Keyinchalik bu massiv nomaʼlum sabablarga koʻra boʻlina boshlagan. Janubiy Amerika Afrikadan ajralib, chetga chiqqan. Shimoliy Amerika Gʻarbiy Yevropadan ajralib, gʻarbga ketgan. Biz hozir biladigan qitʼalar ana shu tarzda shakllangan.

Haqiqatan ham hamma narsa Vegener taxmin qilganidek sodir boʻlganmi? Biz buni bilmaymiz. Bu shunchaki nazariya. Ammo xaritada koʻrib turganingizdek, buning uchun baʼzi tasdiqlar mavjud. Tarixdan ilgarigi oʻsimlik va hayvonlarni oʻrganish ham buning ehtimoli borligini koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, yer qobigʻi bugungi kunda ham harakatlanmoqda. Shunday ekan, Vegener haq boʻlishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!