20.02.2024
Zilzila haqida oʻylaganimizda, qulab tushayotgan binolar, yerda ochilayotgan ulkan yoriqlar va shunga oʻxshash narsalarni tasavvur qilamiz. Bu yerda nimani oʻlchash mumkin?
Zilzila bu — yer yuzasining titrashi yoki tebranishi. Aynan mana shu tebranishlar oʻlchanadi. Odatda zilzilaning sababi yer qobigʻidagi togʻ jinslarining siljishi, uning yorilgan joyidagi bir qoyatosh massivining boshqasiga katta kuch bilan ishqalanishidir. Bu ulkan energiyaning katta qismi tosh jinslaridagi tebranishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu tebranishlar minglab kilometrlarga tarqalishi, shuning uchun ham Tokiodagi zilzila Angliyada aniqlanishi va oʻlchanishi mumkin. Zilzila tebranishlari yer qobigʻining togʻ jinslari boʻylab har xil tezlikda uzatiladigan uch yoki undan ortiq turdagi toʻlqin tebranishlaridan iborat.
Birlamchi toʻlqinlar uzunasiga, ikkilamchilari esa koʻndalangiga tebranadi. Uzun toʻlqinlar yer yuzasi boʻylab tarqaladi va sekinroq harakat qiladi. Lekin ularning koʻlami keng boʻlib, barcha koʻrinarli vayronagarchiliklarning sababchisi boʻladi. Hech qachon tinch holatda boʻlmaydigan yer qobigʻidagi tebranishlarni har kuni qayd etish uchun dunyoning turli joylarida seysmograf deb ataluvchi asboblar joylashgan. Ikki yoki undan ortiq seysmograflardan olingan qaydlar seysmologlarga zilzila sodir boʻlgan joyni aniqlashga yordam beradi.
Seysmograf — ehtiyotkorlik bilan osilgan yuk boʻlib, zilzila taʼsirida qurilmaning qolgan qismlari tebranganda ham u harakatsiz qoluvchi asbob. Boshqacha qilib aytganda, mahkamlangan ustunga osilgan bu yuk zilzila paytida harakatsiz qoladi. Biroq u mahkamlangan ustun harakatlanadi. Ushbu yuk ostiga esa qogʻoz tasma biriktirilgan. Tasma harakatlanayotganda, yuk unda qaydlar qoldiradi. Lentadagi bu qaydlar toʻlqinning kelish vaqti, tebranish kuchini qayd etadi va hatto toʻlqin kelgan yoʻnalishni ham koʻrsatishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.