Nega geyzerdagi suv qaynoq?
Geyzer nima ekanini bilasizmi? Geyzer qanday paydo bo'ladi?
2 min
Bizning olam

Geyzerdan ulkan suv oqimi havoga chiqmaganida ham, u tabiatning eng hayratlanarli moʻjizalaridan biri boʻlib qolaveradi. Geyzer haqiqatan ham issiq buloqdir va buning oʻzi hayratlanarlidir. Mana, yerdagi issiq suv bilan toʻlgan tuynuk. Bu suv qayerdan keladi? U nega issiq? Uning favvora boʻlib otilishiga va geyzer hosil qilishiga nima majbur qiladi? Barcha geyzerlarda naycha deb ataladigan tuynuk yer yuzasini yerosti suv omborlari bilan bogʻlaydi. Ombordagi suvning asosiy manbai yomgʻir va qordir.

Yer qaʼridagi togʻ jinslari juda issiq. Katta ehtimol bilan, bu magma deb ataladigan, sovimagan lava. Ushbu qaynoq jinslardan chiqadigan gazlar asosan bugʻ, toshlardagi yoriqlar boʻylab koʻtarilib, yerosti suv omborlariga yetib boradi. Bu yerda ular suvni qaynash nuqtasiga yoki undan ham yuqori darajaga qadar qizdiradi. Qaynoq buloq shu tarzda paydo boʻladi.

Ammo uni geyzerga aylantiradigan narsa nima? Suvdan qaynoq togʻ jinslariga (issiqlik chiqadigan joyga) tushadigan naycha egri va tekis boʻlmagan shaklga ega boʻlib, bugʻning yuzaga toʻgʻridan toʻgʻri chiqishiga toʻsqinlik qiladi. Agar bugʻ va suv pastdan erkin chiqqanida, unda doimo qaynab turadigan buloq hosil boʻlar edi. Yerosti suv yoʻllaridagi tosh tuzoqlarda suv qaynab ketguncha qizib, darhol bugʻga aylangani uchun geyzer otilib chiqadi. Bugʻ oʻzi hosil boʻlgan suvdan koʻra koʻproq joy talab qiladi va shuning uchun u ustidagi suv ustunini surib chiqaradi. Bugʻ yuqoriga koʻtarilgan sari pastdagi bosim pasayadi va yanada koʻproq suv bugʻga aylanadi. Suv yuzaga tinchgina oqib chiqish oʻrniga, uni surib chiqarayotgan bugʻ tufayli kuch bilan otilib chiqadi. Biz mana shunda geyzerni koʻramiz.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!