20.02.2024
Insoniyat tarixi davomida yirik toshqinlar haqida koʻplab dalolat, hikoya va afsonalar toʻplangan. Buning sababi oddiy: toshqinlar doim sodir boʻlgan. Ibtidoiy odamlar ataylab toshqin yoʻlidagi vodiylarga joylashgan, chunki bu yerdagi tuproq unumdor boʻlgan. Suv toshqini nima? Bu suvning qirgʻoqdan chiqib, har tomonga yoyilib oqishidir.
Suv toshqinlarining sababi nima? Bu kuchli yogʻingarchilik natijasida daryoda koʻp miqdorda suv toʻplanishidir. Suv daryoga oqib tushadigan boshqa manba yoki suv omborlaridan ham kelishi mumkin. Daryo odatda keng maydon yoki havzani toʻldiradi va uning istalgan joyidan chiquvchi kuchli suv oqimi esa ushbu daryodagi suv sathining koʻtarilishiga, qirgʻoqlarni suv bosishiga olib keladi. Ayrim toshqinlar juda foydali. Masalan, qadim zamonlardan beri Nil har yili toshqinlar bilan baland togʻlardan unumdor loyqani olib keladi.
Boshqa tomondan, Xitoydagi Xuanxe daryosi vaqti-vaqti bilan odamlarning oʻlimi va vayronagarchiliklarga sabab boʻladi. Masalan, 1935-yildagi bu daryodagi suv toshqini tufayli 4 million kishi boshpanasiz qolgan. Toshqinlarning oldini olish mumkinmi? Ehtimol, bu imkonsiz, chunki kuchli yomgʻir inson irodasiga boʻysunmaydi. Ammo toshqinlarni jilovlash uchun koʻp harakatlar qilinmoqda va bir kun kelib bu amalga oshishi mumkin.
Toshqinlarni “boʻysundirish”ning uchta usuli bor. Ulardan biri — toʻgʻonlar qurish va suv oqib boradigan joylarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini himoya qilish uchun koʻtarmalar qurish. Ikkinchi usul — favqulodda holatlarda ortiqcha suvni toʻkish uchun kanal yoki suv tashlash inshootlarini qurish. Uchinchi usul esa suvni saqlash va uni asta-sekin katta oqimlarga toʻkish uchun katta havzalarni yaratish.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.