Artezian qudug‘i nima?
Artezian qanday quduq? Artezian qudug'i nima?
2 min
Bu nima?

Artezian qudugʻidagi suv xuddi geyzer singari yer qaʼridan havoga favvora kabi otilib chiqishi mumkin. Bu nom Fransiyaning shimolidagi Artua hududi nomidan kelib chiqqan boʻlib, u yerda 800 yildan koʻproq vaqt oldin ushbu turdagi birinchi quduq qazilgan. Artezian quduqlari faqat maʼlum sharoitlarda hosil boʻlishi mumkin. Suv oʻtkazmaydigan ikki togʻ jinslari qatlami orasida gʻovaktosh yoki qum qatlami boʻlishi kerak. Yomgʻir va qor suvi singib, har tomondan suv oʻtkazmaydigan qatlamlar orasida joylashgan ushbu gʻovak qatlamga tushguncha, u qayerdadir yuzaga chiqishi kerak. Har tomondan katta bosim ostidagi suvni odam “ozod” qilguncha, u yer qaʼrida “qamalib” turadi. Yuqoridagi qattiq qatlam orqali suv saqlangan qatlamga diametri bir necha santimetr boʻlgan teshik burgʻilanganida esa yerostidagi suv katta kuch bilan yuzaga otilib chiqadi.

Hatto qadimgi xitoyliklar ham artezian quduqlarini qazgan. Qadimda Yevropada ayrim quduqlar olti–sakkiz yil mobaynida burgʻilangan. Zamonaviy texnologiyalar bu vazifani oson va tezda bajaradi. Janubiy Dakotaning Edjmont hududidagi taxminan 915 metr chuqurlikda qazilgan ikkita quduq kuniga 4 million litr suv beradi. Bunday chuqurlikdan yuzaga chiqqan suvning harorati Selsiy boʻyicha 37 darajani tashkil qiladi. Xuddi shu hududdagi boshqa quduqdan ancha issiqroq suv keladi.

AQShning baʼzi yirik shaharlarida, shuningdek, London atrofidagi koʻplab joylarda artezian quduqlaridan isteʼmol qilinadigan suvning katta qismi yoki barchasi olinadi. Dunyodagi eng katta artezian hududi Avstraliyada joylashgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!