Nega suvning ko‘tarilishi hamma joyda bir xil emas?
Suv ko'tarilishi Oy ta'siriga bog'liqmi? Suv ko'tarilishi nima?
2 min
Bizning olam

Qirgʻoqda boʻlib, suvning past koʻtarilish toʻlqini vaqtida suvga kirish uchun dengiz tomon juda uzoq masofani bosib oʻtganmisiz? Shunga qaramay, suvning baland koʻtarilish to‘lqinidan past koʻtarilish to‘lqinini deyarli ajratib boʻlmaydigan joylar ham mavjud. Buning sababi Oyning taʼsiriga hech ham aloqador emas. Suv koʻtarilishi tortishish kuchi tufayli yuzaga keladi. Yer Oyni oʻziga tortgani kabi Oy ham Yerni oʻziga, lekin ancha kam kuch bilan tortadi. Oyning Yerga taʼsiri tufayli okean suvi Oyga qarab tortilib, boʻrtma yoki to‘lqin hosil qiladi. Natijada baland suv koʻtarilishi paydo boʻladi.

Yerning qarama-qarshi tomonidagi suv Oydan uzoqroq boʻlgani uchun kamroq darajada tortiladi va u yerda ham boʻrtma hosil boʻladi. Shuning uchun baland suv koʻtarilishi Oyga qaragan tomondan ham, yerning qarama-qarshi tomonidan ham kuzatiladi. Oy Yer atrofida aylangani sari bu ikkita suv “oʻrkachi” va past suv sathi Oyga nisbatan taxminan bir xil holatda qolishda davom etadi. Agar Yer yuzasi butunlay suv bilan qoplangan boʻlganda, unda baland va past suv koʻtarilishining oʻzgarishi ancha muntazam ravishda boʻlar edi.

Lekin boshqa koʻplab omillar bunga toʻsqinlik qiladi. Ulardan biri — qitʼalarning ulkan massivi. Ular qirgʻoq boʻylab aylanib oʻtadigan va baʼzi joylarda, masalan, koʻrfazlarda toʻplanadigan suv koʻtarilishining sababidir. Toʻgʻri, qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan nishab sohillarda yaqinlashib kelayotgan suvning yoyilishi uchun yetarlicha joy boʻlib, u unchalik ham baland koʻtarilmaydi.

Ammo koʻtarilayotgan suv tor koʻrfaz yoki kanalga duch keladigan joyda, u keng yoyila olmaganligi sababli suv ancha baland koʻtarilishi mumkin. Masalan, Fandi koʻrfazida suv koʻtarilishi va qaytishi oʻrtasidagi farq 21 metrdan oshishi mumkin. Shu bilan birga, Oʻrta dengizdagi suv koʻtarilishi 0,5 metrdan oshmaydi. 

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!