20.02.2024
Suv girdobi va tornado juda oʻxshash. Aslida suv quyunini dengizdagi tornado deb ham atash mumkin. Shunday ekan, avval tornado nima ekanini koʻrib chiqaylik. Tornado bu — haqiqiy aylanma poʻrtana. U keng jala hududida qora girdobsimon bulut sifatida paydo boʻladi. Havoning atrof va yuqoriga yoyilishi natijasida uning sovib, namlik kondensatsiyalanishi buning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Suv tornadosi soat yoʻnalishi boʻyicha yoki teskari yoʻnalishda aylanishi mumkin. Uning kengligi yerga yaqin qismida oʻrtacha 275—365 metrni tashkil qilib, odatda bir necha mildan 50 milgacha (80 kilometr) qisqa masofani bosib oʻtadi. Girdob ichida aylanadigan havo oqimining tezligi soatiga 500 mil (800 kilometr) ni tashkil qiladi deb hisoblanadi. U yer yuzasi bilan tutashgan joyda dahshatli vayronagarchiliklar yuz berishi mumkin. Masalan, uylar yer yuzidan yoʻq qilinishi, parchalab tashlanishi yoki yuzlab metrga koʻchirilishi mumkin.
Suv tornadolari (shuningdek, quyun yoki siklon nomi bilan ham tanilgan) yilning istalgan vaqtida paydo boʻlishi mumkin, garchi ular bahor va yozda besh barobar koʻproq roʻy beradi. Ular ko‘pincha tunda emas, kunduzi sodir boʻladi. Baʼzi hollarda, suv quyuni quruqlikda paydo boʻlib, keyin dengizga koʻchib oʻtgan oddiy tornado ham boʻlishi mumkin. Ammo keng tarqalgan suv quyuni issiq mavsumda tropik yoki oʻrta kengliklardagi dengiz va koʻllar ustida paydo boʻladi. Ular toʻgʻridan toʻgʻri suv ustida paydo boʻlib, voronka shaklidagi bulutlar esa yomgʻir yoki toʻp-toʻp bulutlardan hosil boʻladi. Uning pastki qismi suv yuzasiga yaqinlashib, dastlab suvning yuqori qatlamini aralashtiradi yoki changli suv bulutga aylantiradi.
Girdobsimon bulut avval suv changiga shoʻngʻiydi va keyin suv oqimini yuqoriga tortadi. Ammo quyunning asosiy qismini tashkil etuvchi suv har doim toza boʻlib qoladi, chunki u asosan yomgʻir suvidan iboratdir. Suv quyuni odatda bir necha daqiqa davom etadi va cheklangan hududga taʼsir qiladi. Suv quyunlarining katta qismi havo harorati yuqori boʻlgan va momaqaldiroq tez-tez uchraydigan sovuq suv ustida paydo boʻladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.