Bo‘ron ma’lum yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadimi?

Shtorm yoki poʻrtana tabiatning shu qadar yovvoyi va tiyib boʻlmas koʻrinishdagi hodisasidirki, uning maʼlum bir yoʻnalish boʻylab harakatlanishi mumkinligiga ishonish qiyin. Shunga qaramay, boʻronlar mavsumi kelishi bilan ular nomlanadi va boʻlajak yoʻnalishi koʻpincha juda aniq taxmin qilinadi.

Dunyoning aksariyat hududlarida boʻronlarning asosiy qismi maʼlum yoʻnalishda harakat qiladi. Masalan, Qoʻshma Shtatlarda katta boʻronlarning aksariyati past atmosfera bosimining markaziy nuqtasi atrofida, soat yoʻnalishiga teskari aylanadigan keng havo massalaridir. Shtatlarda ularning soat yoʻnalishiga qarshi aylanishining sababi shundaki, shamollar past bosim markazi tomon esganda, Yerning aylanishi ularni oʻng tomonga ogʻdiradi (Shimoliy yarimsharda).

Endi dovullarga qaytamiz. Avvalo, dovul, siklon va tayfunlar deyarli bir narsa ekanini bilasizmi? Qoʻshma Shtatlarda ular siklon, Janubi-sharqiy Osiyo va Janubiy Xitoy dengizida tayfun, Gʻarbiy Hindiston va Meksika koʻrfazida dovullar deb ataladi. Ekvatordan shimolda tayfun va dovullar odatda yozning oxiri yoki kuzda iliq tropik suvlar ustida yuzaga keladi. Ular gʻarbiy yoki shimoli-gʻarbiy tomonga passatlar hududi orqali oʻng tomonga oʻgadigan yoʻnalish boʻylab harakatlanadi.

Subtropik kengliklarda esa bunday dovullar sharqqa ogʻib, gʻarbiy shamollar hududiga kiradi. Janubiy yarimsharda xuddi shunday, lekin chap tomonga ogʻgan yoʻnalish kuzatiladi. Dovul kuzatilishi haqida dengizdagi odamlar va kemalar ogohlantirilishiga qaramasdan, ular juda katta zarar yetkazmoqda. Dovul soatiga 200 km tezlikda harakatlanishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!