Nega shamollar turli nom bilan ataladi?
Tabiatda qanday shamol turlari bor? Shamol haqida ma'lumot. Nega shamollar turli nom bilan ataladi?
2 min
Bizning olam

Albatta, shamollarning aksariyati oʻz nomiga ega emas. Ular haqida “shamol esib turibdi” yoki “shabada bor” deyish mumkin. Baʼzan shamol shimoldan esyapti deymiz. Ammo koʻplab shamollarning oʻziga xos nomi bor. Ular bu maxsus nomni turli sabablarga koʻra olgan. Masalan, “shtilga tushish” nima ekanini bilasizmi? Bu harakatsiz qotib qolishni anglatadi. Shamol turlaridan biri “shtil shamoli” deb nomlanadi. U koʻtarilayotgan havo va past bosimning keng kamari joylashgan ekvatorda paydo boʻladi.

Yuqoridan va pastdan ekvator tomon esadigan shamollarga passat deyiladi. Ular doimiy yoʻnalishga ega boʻlib, kuchli esadi. Shuning uchun yelkanli kemalar davrida ular dengizchilarga juda qoʻl kelgan. Yana bir nechta oʻzgacha shamollar mavjud. Masalan, yil mavsumiga koʻra yoʻnalishini oʻzgartiradigan shamollar — mussonlar. Hindistonda mussonlar qishda issiq va quruq havoni, yozda esa shimol tomonga esib, moʻl-koʻl yomgʻirni olib keladi. Fransiyaning janubida mahalliy aholi mistral — shimoldan keladigan sovuq va quruq shamoldan qoʻrqadi. U kun boʻyi dengiz tomondan esishi mumkin va bu vaqtda hamma oʻzini noqulay his qiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!