Ko‘chki nima?
Ko'chki nega sodir bo'ladi? Qor ko'chkisi qanday sodir bo'ladi?
2 min
Bu nima?

Koʻchki bu — qor, muz yoki tosh aralash loyning togʻ yoki qir-adirlardan pastga tushadigan massasi. Tosh aralash loyning koʻchishi bu — qorsiz joylarda ham sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻchki. Tik togʻ yonbagʻri yoki jarlik suvga toʻyinadi yoki boshqa bir tarzda zaiflashadi. Bunday tik qiyalikda yer ortiq oʻzini ushlab tura olmay, oʻpirilish boshlanadi. Bunday oʻpirilish yoki koʻchkilar koʻpincha bahorda, eriyotgan qor va muz tuproqni suv bilan toʻyintirishi tufayli sodir boʻladi. Shuningdek, bu daryo oʻzanidan chiqqanda yoki odamlar tik togʻ yonbagʻrining etagida yoʻl qurayotgan yoxud konlarda ishlab chiqarishni tashkil qilgan joylarda ham sodir boʻlishi mumkin. Bunday koʻchkilar koʻpincha togʻ vodiylarini toʻsib qoʻyadi va natijada katta koʻllar hosil boʻladi.

Qor koʻchkisi qor togʻ yonbagʻrida oʻzini ushlab turolmaganda roʻy beradi. Anchadan beri yotib, usti muzlagan qor koʻpincha juda tik qiyaliklarda ham saqlanib qoladi. Yangi, qotishga ulgurmagan yumshoq qor esa koʻpincha unchalik nishab boʻlmagan qiyaliklardan ham osongina koʻchishi mumkin. Aksariyat hollarda kichik qor koʻchkisi oʻz yoʻlidagi katta qor massalarini joyidan siljitib, yoʻl-yoʻlakay kattalashib, halokatli kuch toʻplab boraveradi. Qor zoʻrgʻa ushlanib turgan joylarda hatto odam ovozi ham qorning katta massalarini joyidan siljitib, qor koʻchkisi boshlanishi uchun yetarli boʻlishi mumkin. Buning sababi shundaki, tovush havoni tebratadi va bu tebranishlar qor koʻchishiga olib keladi.

Alpinistlar guruhi Alp togʻlarining xavfli yon bagʻirlardan oʻtayotganda, yoʻl boshlovchilar koʻpincha hammadan sukut saqlashni talab qiladi. Chunki ovozlardan hosil boʻladigan tebranishlar koʻchkiga olib kelishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!