Olmos doim qimmatbaho hisoblanganmi?
Olmos doim qimmatbaho hisoblanganmi?
2 min
Bizning olam

Manbalarga koʻra, olmos qidirish bilan shugʻullanadigan odamlar ilk bor Hindistonda paydo boʻlgan. U yerda olmos qazib olish 2500 yil oldin boshlangan. Olmoslar boshidanoq juda qadrlangan. Ular shu qadar noyob boʻlganki, XV asrga qadar olmoslarga faqat shoh va malikalar egalik qila olgan. Faqat 1430-yilga kelib, brilliantni zargarlik buyumi sifatida taqish odat tusiga kirgan. Buni birinchi boʻlib fransiyalik saroy xonimi Agnes Sorel amalga oshirgan va bu urf butun Yevropaga tarqalgan. Buning natijasida Hindistonda 300 yildan ortiq davom etgan qizgʻin olmos qazib olish ishlari boshlangan. Oxir-oqibat bu manba tugab bitgan, biroq 1725-yilda olmoslar dunyoning boshqa qismi — Braziliyada topilgan. Oʻrmon va tropik iqlim ishni juda qiyinlashtirgan, lekin 160 yildan ortiq vaqt davomida Braziliya dunyodagi asosiy olmos yetkazib beruvchi boʻlib kelgan.

Hozirgi vaqtda olmos qazib olish markazi Janubiy Afrika boʻlib, u yerda yirik olmos konlari 1867-yilda tasodifan topilgan. Kambagʻal dehqon oilasidan boʻlgan bola chiroyli tosh topib olgan va qimmatbaho olmosni darhol tanigan ayyor qoʻshnisi esa uni sotib olgan. U olmosni sotganida, turli yosh va millatdagi qidiruvchilar bu joyga toʻplangan. Bir yil ichida bu yerda uchta yirik olmos koni topilgan va ulkan olmos imperiyasining markazi boʻlgan — Kimberli shahri paydo boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!