Sanoat olmosi nima?
Sanoat olmosi haqida ma'lumot, Sanoat olmosi nima?
< 1 min
Bu nima?

Sanoat olmosi boshqa olmoslardan past sifati bilan farq qiladi. Agar olmos mukammal sifat va bironta dogʻsiz chiroyli rangga ega boʻlsa, unda u, albatta, yuqori narx beriladigan zargarlik buyumlarida ishlatiladi. Olmos kabi yuqori qiymatli narsaning sanoatda qoʻllanishi ajablanarli tuyulishi mumkin. Biroq olmos “sanoat qiroli” deb ataladi. Yunonlar olmosni “adamas”, yaʼni “yengilmas” deb atagan.

Olmos haqiqatan ham qattiq, chunki dunyoda hech narsa uni kesolmaydi — boshqa olmosdan tashqari. Shuning uchun qazib olingan barcha olmoslarning toʻrtdan uch qismi zargarlarga tushmaydi. Ular haddan tashqari qattiqligi tufayli sanoatda qoʻllaniladi. Masalan, olmoslarning taxminan 20 foizi qoyatoshlarni burgʻilovchi burgʻilash uskunalari “boshi” uchun ishlatiladi. Olmoslar maydalab kukunga aylantiriladi va u olmosga ishlov beriladigan sayqallash chambaraklarida qo‘llaniladi. Ayrim olmoslardan metallga ishlov berishda foydalaniladi. Baʼzi muhim sanoat tarmoqlari olmossiz ishlay olmas edi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!