Haqiqiy  oltin “ahmoqlar oltini”dan qanday farq qiladi?
2 min
Bizning olam

Oltin qidirayotgan izlovchi uchun bu savolning javobi juda katta boylik va behad qashshoqlik oʻrtasidagi farq kabi muhimdir. Koʻplab oltin izlovchilar topgan narsasini oltin bilan adashtirib, oʻzining boylikka boʻlgan umidi sarob kabi gʻoyib boʻlganini faqatgina tahlildan soʻng bilgan. “Ahmoqlar oltini” nomi bilan mashhur boʻlgan narsa aslida tarkibida temir boʻlgan piritdir. Bu sariq mineral koʻzni qamashtirgudek yaltiragani tufayli uni togʻ jinslaridagi sof oltin zarralari bilan adashtirish oson. Oltinning koʻpincha temirli pirit bilan bir joyda topilishi ham ularni adashtirishning yana bir sababidir. Sof oltin koʻpchilik hollarda kvarsdagi tilla tomirlar yoki temirli pirit massivlarida uchraydi. Suv hamda shamol kvars va piritni olib ketadi, oltin esa tosh jinslaridan nurab tushadi.

Bu sof oltin atrofidagi tosh yuvilib, uning oʻzi qolishini anglatadi. Suv bilan yuvilib vodiylar tubiga kelib tushgan sof oltin u yerda qum va shagʻalga aralashadi. Uning bu shakli allyuvial yoki sochilgan oltin deb ataladi. Inson tomonidan ilk bor topilgan oltin sochilgan holatda boʻlgan. Ammo oltin koʻpincha boshqa metallar rudalarida ham uchraydi. Kumush rudasida deyarli har doim maʼlum miqdorda oltin rudasi boʻladi. Mis rudasida ham oltin koʻp uchraydi. Oltin hatto dengiz suvida ham mavjud. Ammo uning miqdori suvning umumiy hajmiga nisbatan shunchalik kamki, hech kim dengiz suvidan oltin olishga qodir emas. 

Shunga qaramay, okeanlar shunchalik ulkanki, ular tarkibidagi oltinning umumiy miqdori 9 070 000 000 tonnani tashkil etadi. Kelajakda kimyogarlar juda qiziqarli vazifa — dengiz suvidan oltin olishni hal qilishi kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!