Nikel nima?
Nikel nega "shayton bolasi" deyiladi? Nikel nima?
2 min
Bu nima?

Nikel yuzlab sanoat tarmoqlarida keng qoʻllanadigan koʻplab qotishmalarning tarkibiy qismidir. Bu insoniyatga maʼlum boʻlgan eng foydali metallardan biri. Biroq qadimda kimyogarlar u bilan ishlashga harakat qilganda, nikel ularga juda koʻp muammolarni keltirib chiqargan. Shu tufayli nikel nomi nemis tilida “shayton bolasi”ni anglatishi bejiz emas. Nikel meteoritlarda uchraydi va baʼzida oz miqdorda biror boshqa modda bilan birikmagan holatda topiladi. Ammo nikelning eng katta zaxiralari muayyan, xususan, pirrotit (pirrotit — temir, mis va nikeldan iborat mineral) konlarda uchraydi. Kanada eng yirik nikel ishlab chiqaruvchisidir.

Tarkibida nikel boʻlgan ruda odatda domna pechlarida eritilib, undan shteyn deb ataladigan, boyitilgan aralashma olinadi. Keyin domna pechida bu aralashmadan nikel eritib olinadi. Nikel kumushrang yaltiroq metall boʻlib, unga oson ishlov berish mumkin. Bundan tashqari nikel qizdirilmagan holatda eng kuchli magnitlanadigan metallardan biridir. Boshqa metallarni qoplash uchun ishlatishdan tashqari biz sof nikelni kamdan-kam uchratamiz. Bu esa nikel qoplamasi deyiladi. U metallarning zang va yaltiroqliligini yoʻqotishidan himoya qilib, chidamliligini oshiradi. Ishlab chiqarilgan nikelning katta qismi qotishmalarda ishlatiladi. Masalan, uning mis bilan qotishmasi tangalar tayyorlash uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun AQShning besh sentli tangasi “nikel” deb ataladi.

Uchdan bir qismi mis va bir qismi ruxli qotishmadagi nikel “neyzilber” deb ataladigan och kumush rangli metall hosil qilib, u ovqatlanish anjomlarini tayyorlash va kumush bilan qoplanadigan buyumlar uchun asos sifatida ishlatiladi. Biroq nikelning nisbatan kichik qismi shu tarzda foydalaniladi. U asosan poʻlat bilan doimiy yuklamalarga bardosh bera oladigan qotishmalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu qotishmalar koʻprik va temir yoʻllar qurilishida, parchin, lokomotiv qozonxonasi, avtomobil uzatma qutisi va oʻqlari, ekskavator choʻmichining tishlarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!